Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobiq ota-bola prezidentlar amaldagisini tanqid qilishdi
Foto:kremlin.ru
AQShda tarixchi Mark Apdegrouvning sobiq prezidentlar Katta Jorj Bush va Kichik Jorj Bushga bag‘ishlangan “Oxirgi respublikachilar” (The Last Republicans) kitobi nashr etilishga tayyorlanmoqda.
The Hill nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, bu kitobda katta Bush AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp haqida salbiy fikrlar bildirgan va uni maqtanchoq deb atagan.
“U menga yoqmaydi. Men u haqda ko‘p narsa bilmayman, biroq u maqtanchoq. Men u yetakchi ekanligidan uncha ham xursandmasman”, deb aytgan 2016 yil mayida Bush kitob muallifiga.
Bushning fikricha, Tramp mamlakatni jipslashtirishi mumkin edi, biroq buning uchun undan kamtarinlik talab qilingan bo‘lardi, biroq bu Tramp uchun murakkablik qiladi.
Kichik Bushning aytishicha, u “prezident bo‘lish nimaligini bilmaydigan” Trampning g‘alaba qozonishini umuman kutmagan.
Mavzuga oid
09:10 / 09.04.2026
AQSh NATOdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqishi mumkin
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
10:29 / 12.08.2020