Butunjahon boks kengaşi (WBC) versiyasi böyiça jahon çempioni, amerikalik Deontey Uaylder superoğir vazn toifasida oltinçi marta kamarini himoya qildi. U kanadalik Bermeyn Stivernga qarşi ringga kötarilib, raqibini birinçi raunddayoq nokaut holatiga tuşirdi.

Uaylder 2015 yil yanvarida ham Stivernni nokaut qilgan va WBC kamarini qölga kiritgan. Ötgan vaqt içida amerikalik boksçi kamarini 5 marta muvaffaqiyat bilan himoya qilgandi.

Uaylder beşinçi marta WBC kamarini himoya qildi

Uaylder va Stivern örtasidagi jang kamar himoyasi uçun oltinçi jang böldi, boksçilar şanba oqşomida Nyu-Yorkda ringga kötarilişdi. Ammo jang birinçi raunddayoq Uaylderning kuçli zarbalari tufayli yakuniga yetdi.

Foto: Deontay Wilder

31 yoşli Uaylder hisobidagi ğalabalar soni endi 39taga yetdi (39 jangda 38 nokaut). 38 yoşli Stivern öz faoliyati davomida 25 ğalaba (21 — nokaut), 3 mağlubiyat va 1 durang qayd etgan.

Uaylder Joşuani jangga çorladi