Jamiyat | 08:26 / 06.11.2017
7918
2 daqiqa o‘qiladi

Bir milliondan ortiq kishi WhatsApp’ning soxta versiyasini yuklab oldi

«WhatsApp’ni yangilash» deb nomlangan soxta ilovani bir milliondan ortiq odam yuklab oldi. Jinoyatchilar messenjerning dizayni hamda logotipini ko‘chirib olishgan. Bu haqda Motherboard tomonidan xabar berildi.

Soxta WhatsApp bir holatdan tashqari odatdagidek ishlagan: unga to‘liq ekranli reklamani qo‘shib qo‘yishgan. Bundan tashqari, foydalanuvchilarni Google Play’da ishlab chiquvchi sifatida WhatsApp Inc. ko‘rsatilgani ham ishontirgan bo‘lishi mumkin - haqiqiy ilovani ishlab chiqqan tashkilot ham shunday nomga ega. Jinoyatchilar Unicode-belgi oxiriga buzilmagan bo‘sh joy belgisini qo‘shib, nomni ko‘chirgan bo‘lishlari mumkin.

WhatsApp’ning nusxasini birinchi bo‘lib Reddit’da topishdi. Foydalanuvchilar Google Play’da kimdir messenjer ishlab chiqaruvchisining nomini ko‘chirib olganligi va o‘zining soxta mahsulotini ishga tushirgani borasida shikoyat qilganlar.

Ushbu xabar yozilayotgan paytda firibgarlar ilova nomini «Dual Whatsweb Update»ga o‘zgartirishgan hamda uning ikonachasini almashtirishgan.

Google’dagilar vaziyatga izoh berishmadi.

Mavzuga oid