«Vest Hem Yunayted» boş murabbiysiz qoldi. Klub matbuot xizmati Slaven Biliç jamoani tark etgani haqida rasman ma'lum qildi.

«Bolğaçilar» jamoasi APLda keyingi 4 turda ğalaba qozona olmadi va ayni vaqtda 9 oçko bilan xavfli hududda qolmoqda. 

Uşbu xorvatiyalik mutaxassis örnini Devid Moyyes egallaşi kutilmoqda. London klubi rahbariyati şotlandiyalik murabbiy bilan muzokaralar boşlagan. Moyyesning oxirgi jamoasi «Sanderlend» bölgandi.

54 yoşli mutaxassis bilan mavsum oxiriga qadar şartnoma tuzilişi kutilmoqda.