Şimoliy Yevropa davlatlarning mudofaa vazirlari Helsinkida bölib ötgan yiğiliş doirasida tinçlik davrida mintaqaning havo kengliklarini monitoring qiliş böyiça kelişuvni imzoladilar. Bu haqda Yle xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, vazirlar Boltiqböyi mintaqasida xavfsizlik bilan boğliq vaziyat, xalqaro amaliyotlarda hamkorlik va umumiy harbiy maşğulotlar taşkil etiş masalalarini ham muhokama qildilar.
Kutilişiça, 7 noyabr, seşanba kuni Şimoliy Yevropa mudofaa vazirlari yiğilişida Pentagon rahbari Jyeyms Mettis iştirok etadi.
Avvalroq Finlyandiya Rossiya harbiy faolligi tufayli AQŞ bilan qöşma maşqlar ötkazişi xabar berilgandi.

















