Turkiyalik ekspert Örxon Sivrikiy "Özbekiston havo yöllari"ning strategik rivojlaniş böyiça maslahatçisi etib tayinlandi. Bu haqida milliy aviakompaniya (MAK) matbuot xizmatida xabar berildi.

Foto: uzairways.com

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev boşçiligidagi delegatsiyaning oktabr oyida Turkiyaga taşrifi davomida "Özbekiston havo yöllari" MAK tomonidan fuqarolik aviatsiyasi böyiça turkiyalik ekspertni maslahatçi sifatida jalb etiş masalasi körib çiqilgandi.

Turkiyadagi uçraşuvlar natijasida MAK fuqarolik aviatsiyasi böyiça maşhur top-menejyer Örxon Sivrikiyni hamkorlikka jalb etişdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Janob Sivrikiy 1991 yilda Bosfor universitetini tugallagandan söng öz hayotini aviatsiya bilan boğladi. Ötgan yillar içida u Turkiya, Yevropa va Şimoliy Amerikada mas'uliyatli lavozimlarni egallab kelgan va özini aviayönalişlarni rejalaştiriş, yangi biznes-modellarni yaratiş, şuningdek marketing va daromadlarni boşqariş böyiça yetuk mutaxassis sifatida namoyon qilgan.

Texnika fanlari doktori Örxan Sivrikiy "Özbekiston havo yöllari" milliy aviakompaniyasining strategik rivojlaniş böyiça maslahatçi lavozimiga 6 noyabrdan kirişdi.

Ma'lumot uçun:

  • 1967 yilda tuğilgan;
  • 1991 yilda Bosfor universiteti bakalavriatini tugallagan;
  • 1997 yilda Okan universiteti magistraturasini tugallagan;
  • 2012 yilda Okan universitetida "Aviataşuvlarga bölgan talablarni prognoz qiliş" mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan;
  • 2015 yilda Turkiyada "Yilning eng yaxşi marketing direktori" deya tan olingan;
  • Ingliz va nemis tillarini biladi;
  • Dunyoning 100dan ortiq mamlakatida bölgan;
  • Oilali, ikki farzandning otasi.