Ispaniya konstitutsiyaviy sudi Kataloniya parlamenti tomondan 27 oktabrda qabul qilingan mustaqillik deklaratsiyasini qonunga zid, deb tan oldi. Bu haqda El Pais naşri saytida ma'lum qilingan.
Avvalroq 31 oktabrda Ispaniya konstitutsiyaviy sudi Kataloniya parlamenti tomondan qabul qilingan mustaqillik deklaratsiyasini bekor qilişni qöllab-quvvatlagani ma'lum qilingandi.
Kataloniya parlamenti 27 oktabrda Ispaniyadan mustaqil böliş deklaratsiyasiga ovoz bergandi. Deklaratsiyaning qabul qilinişiga 70 deputat ovoz bergan, 10 nafari qarşi çiqqan, qolganlari esa unga boykot e'lon qilgan.
Şundan keyin Ispaniya hukumati Kataloniya hukumatini iste'foga ketkazgan va parlamentini tarqatib yuborgan hamda muxtoriyatni boşqarişni öz qöllariga olgan.
Söngra Ispaniya Kataloniya rahbari Kardes Puçdemon va jyeneralitetining maslahatçilarini hibsga olişga qaror qilgan. Şu sababli Puçdemon va uning 4 nafar maslahatçisi Bryusselga jönab ketgan.
Ispaniya Belgiyaga Puçdemonning hibsga olinişiga Yevropa orderini topşirgan. Unga köra Yevropa Ittifoqiga a'zo istalgan davlat sörovni olgandan keyin 60 kun içida Puçdemonni ekstraditsiya qilişi şart. Madrid şuningdek uning 4 maslahatçisining jönatilişini ham talab qilmoqda.













