AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinning Moskva AQŞdagi 2016 yilgi saylovlarga aralaşmagani böyiça sözlariga işonadi. Oq uy rahbari bu haqda prezident samolyoti bortida jurnalistlarga aytib ötdi, deb yozmoqda The Hill.
"Men uni har gal körganimda, u menga şunday deydi: "Men buni qilmadim", va u buni jiddiy aytayotganiga işonaman", - deya aytib ötdi Tramp. Uning qöşimça qilişiça, Rossiya yetakçisi bilan bu masala böyiça tortişuvga borişni istamaydi. Şu bilan birga, uning ta'kidlaşiça, Putin Moskva göyoki AQŞdagi saylovlar natijalariga ta'sir körsatgani böyiça gap-sözlardan "juda xafa".
"Prezident Putin bunga qandaydir aloqasi borligini juda qat'iylik bilan rad etmoqda. Bu borada bahsga kirişiş kerak emas, Suriya hamda Ukraina haqida gaplaşişni boşlaş lozim", - dedi Tramp. Şu bilan birga, u AQŞdagi saylovlarga "Rossiya aralaşuvi" böyiça suriştiruvlar "demokratlar taşabbusi bilan boşlangani" haqida ham aytgan.
Bundan taşqari, AQŞ yetakçisining qayd etişiça, Putinga nisbatan şubhalar unga Rossiya rahbari bilan yanada yaqinroq munosabatlar qurişga xalaqit bermoqda, bu esa KXDR muammosi böyiça munozarani samarali olib borişga kerak böladi. Uning fikriça, Rossiya AQŞga bu masalada jiddiy kömak berişi mumkin. "Gap millionlab odamlar hayoti haqida ketmoqda. Bu bolalar öyinçoği emas, balki juda muhim iş. Rossiya va Xitoy bizga yordam bersa, muammo tezroq öz yeçimini topadi", - deya aniqlik kiritgan Tramp.

















