Kolumbiya terma jamoasi yarimhimoyaçisi Edvin Kardona Janubiy Koreyaga (1:2) qarşi örtoqlik öyinida, raqiblarga qarata irqiy kamsituvçi harakatni amalga oşirdi.

Ikkinçi bölimda futbolçilar orasida kiçik tortişuv yuz bergan edi. Şunda 24 yoşli futbolçi köz terisini barmoqlari bilan çözib, koreyaliklarning közi qisiq ekaniga işora qilib, ularning jiğiga tegmoqçi böldi.

Yaqinda şunga öxşaş holat AQŞning MLB beysbol ligasida yuz bergan va aynan şunday harakatlari uçun, beysbolçi Yuli Gerrila beşta öyinga diskvalifikatsiya qilingandi.