Kun.uz tahririyatimizga mamlakatimizda katta e'tibor berilayotgan sohaga boğliq yana bir arz kelib tuşdi.

Özbekistonda çorvaçilik izçil rivojlanib, kengayib bormoqda. Köp tarmoqli fermer xöjaliklari va aholining bu maşğulot bilan şuğullanişi uçun keng imkoniyatlar yaratilib, mazkur sohada islohotlarni amalga oşiriş uçun zarur çora-tadbirlar körilmoqda.

Foto: Kun.uz

Biroq, Namangan viloyat, Çortoq tumanida faoliyat yuritayotgan “Şerzod nasldor çorvador” çorvaçilik fermer xöjaligiga bölayotgan e'tiborni körib, tuman hokimligining naslçilik, aholini sut va göşt mahsulotlari bilan ta'minlaşga ayri köz bilan qarayotganini guvoh böldik.

Yoş va ğayratli fermer Şerzodbek Kamalov 2014 yili çorvaçilik fermer xöjaligi taşkil etgaç, “Namangan nasl servis” jamiyatidan Avstriyaning “Simmental” zotiga mansub 32 boş qoramolni sotib olib, boqişni boşlagan.

Qoramol boqiş haqidagi maqolaga jimjimador sözlar yaraşmaydi. Mol boqiş juda-juda zahmatli iş. Biroq, sifatli yem-xaşak, ozuqa bölmasa, daromad va qoramollar tuyoğini köpaytiriş amrimahol. Fermer xöjaligining bor muammosi ham şunda. Ötgan uç yil davomida xöjalik qoramollar sonini 150 boşga yetkazdi. Şundan 60 boş naslli buzoq tumandagi çorvadorlarga sotildi. 30 tonnadan ziyod sut Çortoqdagi sutni qayta işlovçi tadbirkorlarga yetkazib berilgan. Ijobiy natija töğrimi? Lekin, 27 yoşli fermerning aytişiça, agar yetarli şaroit bölganida bundan ikki-uç barobar ziyod samaraga erişiş mumkin edi.

Foto: Kun.uz

Yurtimizda belgilangan hujjatlariga asosan çorvaçilik bilan şuğullanuvçi xöjaliklarga har bir boş qoramol uçun 30 sotix ozuqa yetiştirişga ekin maydoni beriladi. Şerzodbek Kamalov boşçiligidagi çorvaçilik fermer xöjaligi tasarrufida 2013 yildan şu paytgaça 26 gektar yer bölgan. Çorvador bu yerda ğalla parvarişlagan va takroriy ekin sifatida qoramollarga ozuqa uçun makkajöxori ekkan.

2017 yilda xöjalik ğalla rejasini 120 foizga bajargan. Ğalla örimidan söng esa maşmaşa boşlandi. Kamalovning bildirişiça, tuman hokimligi iyul oyida ekilmagan paxta uçun 24 tonna paxta hosiliga majburiy şartnoma qildirgan. Oradan uç kun ötib esa tuman sessiyasida mavjud 26 gektar yerni xöjalikdan tölaligiça olib qöyiş haqida qaror çiqarilibdi.