Hatto bizning har sohadan boxabar asrimiz ham dengizçilarni oçiq ummonda kutib turgan xavflarni bartaraf qila olmaydi. Insoniyat öz sayyorasining poyonsiz tubi sirlaridan köra Mars sahrolari qurilmalarini köproq biladi - doimiy kema halokatlari bunga yaqqol misol böla oladi. Don'tPanic tadqiqotçilar yeçimini topa olmagan kemalarning sirli ravişda yöq bölişiga doir ma'lumotlari bilan bölişdi.

Porpoise

Foto: dnpmag.com

1832 yilda qurilgan bu kema ikki matçdan birida turli yelkan jihozlariga ega bölgani uçun "brig-xameleon" nomini olgan. Kema 1838 yilda tadqiqot ekspeditsiyasiga yöl olgan va hatto Antarktidagaça yetişga muvaffaq bölgan. Keyin Porpoise Xitoy tomon harakatlangan va u yerda Honkongdan atigi ikki kunlik masofada dom-daraksiz yöqolgan.

Wasp

Foto: dnpmag.com

Britaniyaning Wasp kaperi 13 operatsiyada iştirok etgan va 1814 yilga borib Tojning barça duşmanlari uçun haqiqiy qörqituvçiga aylangan. 1814 yilning 22 sentabrida u savdo kemasiga hujum qildi, holbuki berilgan buyruqqa köra, u yölda uçragan barça kemalarni çöktirişi kerak bölgan. Atigi bir kundan keyin Wasp barçaga ma'lum savdo yönalişining örtasida sirli ravişda yöqolgan.

SS Baychimo

Foto: dnpmag.com

Ulkan yuk kemasidan Kanadaning şimoliy qismidan möyna taşişda foydalanilgan. 1931 yilgi qiş haddan taşqari erta boşlangan va bunga tayyor bölmagan kema muzliklarda qotib qolgan. Ekipajning aksariyat qismini qutqarişga muvaffaq bölingan, jamoaning yana 20 a'zosi esa ob-havo özgarişini kutib, bortda qolişga qaror qilgan. Şundan keyin bu odamlarni heç kim körmagan, kemaning özi esa Arktika suvlarida dengizçilarni qörqitib, bir neça marta arvoh-şarpa sifatida namoyon bölgani aytiladi.