Livan sobiq boş vaziri, Saudiya Arabistonida göyoki majburan uşlab turilgan Saad Haririy «bir neça kundan» söng uyiga qaytişi haqida ma'lum qildi. Buni u rasman iste'foga çiqiş uçun qilmoqçi. Haririy bu haqda Future TV telekanaliga bergan intervyusida aytib ötgan, deb xabar bermoqda «Bi-bi-si».
«Men iste'foga çiqdim. Yaqin vaqt içida Livanga boraman, hamda iste'foga konstitutsiyaviy usul bilan çiqaman», - deya aytib ötdi u.
Haririyning qöşimça qilişiça, uning iste'fosi «Livan uçun jönaş nuqtasiga aylandi».
Şuningdek, uning ma'lum qilişiça, Saudiya Arabistonida uni majburan uşlab turişgani yöq.
«Men bu yerda erkinman. Agarda ertaga qayergadir jönab ketişni xohlasam, buni qila olaman», - deya aytib ötdi u.
Avvalroq Livanning Arab davlatlari ligasidan çiqarib yuborilişi masalasiga oydinlik kiritilgandi.


















