13 noyabr kuni Kun.uz Özbekistonda benzin narxi ehtimoliy ravişda özgarişi mumkinligi haqida xabar bergandi. Unga köra, iste'moldagi benzin narxi ayni paytdagi bahodan (13 noyabr holatiga köra - AI-80 2800 söm) 30-35 foizga qimmatlaşib ketişi kutilmoqda.
Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan «Özbekneftmahsulot» vakilining aytişiça, «Vazirlar Mahkamasi tomonidan sohaga oid heç qanday qaror yetib kelmagan». Ammo, vakil «benzin narxi kelgusida özgarişini» inkor etmadi.
«Bir nima deyolmayman, çunki Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaror yetib kelmagan. Bunday qaror çiqarilgani haqida xabarimiz yöq. Şuning uçun uşbu yangilikni tasdiqlay olmaymiz. Hozirça doimgiday sotuv narxlari amal qilmoqda», deydi u.
Özbekiston böylab benzin narxi oxirgi marta 2016 yil oktabr oyida özgargandi. Bundan 13 oy ilgari, şu kunlarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari orasida «benzin tanqisligi va narx oşişi» haqida miş-mişlar tarqagan.
2016 yil 16 oktabr kuni «Özbekneftmahsulot» AK Matbuot xizmati esa «vaziyatni barqarorlaştiriş uçun neftni qayta işlaş zavodlarida avtobenzin işlab çiqariş miqdorini mumkin qadar köpaytirişi»ni aytgan. Oradan bir hafta ötib, benzin narxi 2800 söm etib belgilangani haqida rasmiy xabar tarqatilgandi.
«Vaziyatni barqarorlaştiriş»ga oid çora-tadbirlar orasida «çetdan qöşimça miqdorda uglevodorod xom aşyosini keltiriş va iste'molçilarni avtobenzin bilan tegişli miqdorda ta'minlaş» yuzasidan amaliy işlar olib borilayotgani haqida aytilgan. Ammo Respublika böylab örnatilgan yagona benzin bahosi ötgan 13 oy içida poytaxtdan taşqari viloyatlarda uçrab turgan muammolardan töla xalos bölişga yordam bermadi.
Endilikda erkin konvertatsiya amaliyotining joriy etilişi «çetdan qöşimça miqdorda uglevodorod xom aşyosini keltiriş» xarajatlarini yanada oşib ketişiga sabab bölişi hisobga olinsa, «Özbekneftgaz» hamda «Özbekneftmahsuloti» vakillaridan mazkur özgariş yuzasidan jöyali va asoslantirilgan munosabatni kutib qolişimiz mumkin. Hozirça rasmiylar xabarni na inkor etdi, na tasdiqladi.

















