Bir kredit tarixi: qaror bor, garov bor - ijro yöq
|00:10 / 14.11.201752 04114 min
Xalqimizda «şeriklik oşni it içmas» degan maqol bor. Quyida sizga hikoya qilib bermoqçi bölayotgan voqeamizda ana şu maqolga hayotiy misolni körib, ota-bobolarimiz bejizga bu gapni aytib ketişmaganiga guvoh bölasiz. Uşbu voqeani keng jamoatçilik e'tiboriga havola qilişdan maqsadimiz ham «hisobli döst ayrilmas», deganlaridek, oldi-berdi munosabatlarda keyinçalik tuşunmovçilik kelib çiqmasligi uçun qanday yöl tutmaslik kerakligini muştariylarimizga bildirib qöyiş. Zero, har qanday odamning olasi içida.
Tahririyatga şikoyat kelib tuşdi
2017 yilning 15 sentabr kuni samarqandlik tadbirkor, Payariq tumani Çelak şaharçasida faoliyat körsatadigan «Tangem Abbos» xususiy korxonasi rahbari Açilov Nabining şaxsan özi şikoyat xati va unga tegişli hujjatlarni KUN.UZ maxsus muxbirlari Ş.Şokirjonov va T.Rahmatovga topşirib, vaziyatni tuşuntirib berdi.
Ayni paytda Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan JKning ma'lum bir moddasi sifatida ayblanuvçi, deb topilib, ehtiyot şart sifatida qamoqqa olinişi mumkinligidan qoçib yurgan N.Açilov boşiga tuşgan körguliklar haqida öşanda şunday hikoya qilib bergan edi:
— Men umumiy ovqatlaniş korxonasi va savdo dökoniga ega bölgan «Tangem Abbos» korxonasini 2007 yili yanvar oyida oçib, öşandan beri yuritib kelayotgan edim. Oşxonamiz Çelak şaharçasida tillarga tuşdi. Mijozlarimiz kundan kunga köpayayotgan edi. Turli sohada işlovçilar kelib, oşxonamizda tamaddi qilib ketişardi.
Ana şunday kunlardan birida «Xalq banki»ning Payariq tuman bölimi xodimlari özaro suhbat asnosida menga işlab çiqariş uçun kredit ajratişda yordam qilişlari mumkinligini aytişdi. Men bunça kreditga garov mulkim yöqligini aytib, rad javobini berdim.
(Qayd etib ötiş kerakki, öşa davrda Payariq tuman «Xalq banki» bölimi rahbarlari va xodimlari fuqarolarning omonat pullarini özlaştirib yuborib, «dovruğ» qozongan, jinoyat işlari oçilgan — bu endi mutlaqo boşqa mavzu)
Men bilan aka-ukaçilik qilib, oldi-berdi qilib yurgan inson — Mamasaid Igamov ham uşbu suhbatda bor edi. «Kreditni oliş kerak, menda qandolat mahsulotlari işlab çiqarişga möljallangan dastgohlar bor, öşani kredit mablağlari hisobiga xarid qilib, qandolat mahsulotlari işlab çiqarib, Çelak şaharçasini ta'minlasa böladi», dedi. Bu payt 2013 yilning oktabr-noyabr oylari edi.
«Menda buning uçun sex ham, kredit garovi uçun mulk ham yöq-ku, — dedim. — Boz ustiga, savdo dökonim faoliyatini yölga qöyiş uçun «Savdogarbank»dan biroz kredit olganman, hisob raqamim ham öşa bankda».
Mavzuga oid
«Savdogarbank»dan olingan kreditni muddatidan avval yopib, hisob raqamini «Xalq banki»ning Payariq tuman bölimiga ötkazasan. Tsex uçun joyni özim beraman. Men özim minib yurgan «Spark» avtomobili va Samarqand şahrida joylaşgan, firmam nomidagi 3 xonali kvartirani ham garov sifatida tikaman. Tsexni işga tuşirib, kreditni sekin-asta yopib berasan. Sen heç narsa yöqotmaysan, çunki garov uçun men öz mulkimni tikayapman, bu senga kafolat böladi», — dedi M.Igamov.
Xullas, «Savdogarbank»dagi kreditimni zudlik bilan söndirib, hisob raqamimni «Xalq banki»ga ötkazdim va 2014 yil aprel oyida 3 yilga 200 mln. sömlik kredit rasmiylaştirdim. Uning 170 million sömi M.Irgaşevning «Sam Universal teks» mas'uliyati çeklangan jamiyatiga dastgoh sotib oliş uçun 3 yilga, 30 millioni xomaşyo xarid qiliş uçun 1 yilga ajratildi.
Biz M.Igamovga tegişli sexda dastgohlarni işga tuşirib, işni boşladik. Bank bu orada 171,5 million kredit hisobidan «Sam Universal Teks» MÇJga 95 million dastlabki tranşni ötkazdi. Pul tuşişi hamono M.Igamovning menga munosabati özgardi. Dastgohlar ham öz-özidan işdan çiqa boşladi. Işni töxtatdik. Bizni sexdan haydab çiqarişdi... 75 million kredit hali bankda edi. Unga foiz va asosiy qarzni grafik böyiça tölab turuvdim. Agar bu pullarni M.Igamovning firmasiga ham ötkazib bersam, juda yanada kattaroq summaga tuşişim mumkinligini anglab yetdim. Işlar bunday tus olgaç, kredit mablaği bekorga band bölmasin deb, savdo dökonimga mahsulot oliş uçun ötkazib yubordim.
Menga 2017 yil 7 mart kuni tuzilgan 7/03-sonli şartnomaga köra «Sam Universal Teks» MÇJ ötkazilgan 95 million mablağ hisobidan dastgoh ham bermadi, biror hujjat ham taqdim etmadi, pullarimni ham qaytarib bermadi. Men kreditning özimga tegişli qismini söndirdim. Korxonam şu kreditning orqasidan kasodga uçradi. Guldek işlab turgan oşxonam ham, dökonim ham yopilib ketdi. Bir neça oila şu korxonlarim orqasidan rözğor tebratib turişgan edi.
Hozir Mamasaid Igamov öşa 95 millionni (penyalari bilan) qaytarib bersa, davlat banki oldidagi qarzimiz uziladi. Men bankka kredit mablağlarining bu qismini qaytarişga qurbim yetmasligini, kreditni undiriş uçun garovdagi mulklarga qaratişni sörab xat yozdim. Bank fuqarolik işlari böyiça Iştixon tumanlararo sudida da'vogar sifatida ariza bergan, sud 2015 yildayoq kreditni undiriş uçun M.Igamovga tegişli «Spark» avtomaşinasi va noturar-joy binosini xatlovga oliş haqida hal qiluv qarori çiqargan. 2017 yil may oyida bu borada yana qaror çiqdi.
Biroq garovdagi mulk undirilişi mumkin bölgani holda, viloyat prokuraturasi meni 200 million kredit mablağini maqsadsiz işlatganlikda ayblab, tergov qilmoqda. Lekin men özim işlatgan pulni qaytardim. (N.Açilovning advokati I.Hamidovning aytişiça, uşbu summadagi pul prokuraturaning depozitida turibdi). Ikki yildan buyon bank va avval sud ijroçilari departamenti, endilikda tuman majburiy ijro byurosi 2015 yilda çiqarilgan sudning hal qiluv qaroriga nopisand munosabatda bölib, garov mulkini auksion orqali sottirib, menga tegişli kreditni yoptirişni paysalga solmoqda (15 sentabrdagi ma'lumot ekanligini yodda tuting).
M.Igamov bilan uşbu kredit maşmaşalaridan boşqa turli oldi-berdilarimiz ham bor edi. Öşalarni rökaç qilib, ovozimni telefonga yozib olib, ustimdan prokuraturaga ariza taşlagan.
Endi voqea yuzasidan Mamasaid Igamovning sözlariga quloq tuting:
— Darhaqiqat, N.Açilov bilan avvaldan tanişmiz, bir-birimiz bilan turli masalalarda oldi-berdi qilib, hamkorlik qilib kelganmiz. Xitoydan turli qandolat mahsulotlari işlab çiqaradigan dastgohlar olib kelganimni eşitib, N.Açilov ulardan ayrimlarini kredit evaziga xarid qilişini aytib, bu masalada yordam sörab murojaat qildi.
Men rozi böldim. Işlatiş uçun joyim yöq, deb yordam söragan edi, sex uçun unga joy berdim. Na ijara puli, na elektr energiyasi va gaz uçun tölov qildi. Barça şaroitni muhayyo qilib berdim. Dastgohning pulini sörayverganimdan söng kredit oliş uçun garovga mol-mulkim yöq degan edi, Samarqand şahridagi turar joyimning hujjatlarini berdim. Turar joyni garovga qöyib bölmaydi, şuning uçun uyni noturar joy sifatida hujjat tayyorlab, uni garovga qöyibdi. Baholatişda uyning summasi yetmagan ekan, qöşimçasiga men özim haydab yurgan «Spark» avtomaşinamni ham garovga tikdik.
N.Açilov sexning oçiliş marosimini ötkazib, nuroniy va mahalla ahlini taklif etib, işga tuşirdi. Tsexni 4 oy işlatib, tuzilgan 171,5 million sömlik şartnoma asosida 95 million hisob raqamimga ikki bölib (30+65 mln.) köçirib berişdi. Qolgan summa qaçon köçadi, desam, «bank menga 200 million emas, 130 million kredit berdi», deb meni 6 oy davomida aldadi. Suriştirib bilsam, 200 million söm kredit ajratilgan va 75 million söm mablağ menga köçirib berilmasdan, maqsadsiz foydalanilgan.
Men özimga köçirilgan kredit summasini yopiş uçun boşqa firmalarimdan «Tangem Abbos» xususiy korxonasiga moddiy yordam sifatida, şuningdek, öşa payt hisob raqam yopiq bölganligi sababli N.Açilov nomiga oçilgan omonat hisob raqamiga naqd pul qöydim. (Ya'ni, kredit mablaği böyiça qarzdor «Sam Universal Teks» MÇJdan bank hisob raqami orqali «Tengem Abbos» XKga bir tiyin ham ötkazib berilmagan). N.Açilovga bergan jami pullarim miqdori 105 milliondan oşiq edi. Maqsad — kreditdan tezroq qutilib, mening garovdagi mulklarimni ozod qiliş edi.
Mening garovda mulkim turgani sababli, 2017 yilning yanvar oyida uşbu kreditni yopiş borasidagi oldi-berdilarimiz haqidagi özaro suhbatimizni yozib olganimni dalil qilib, prokuraturaga murojaat qildim.
Sud majlisi
2017 yil 25 avgust kuni Samarqand şahar iqtisodiyot sudiga da'vogar «Tengem Abbos» xususiy korxonasi işonçli vakil, advokat I.Hamidov siymosida javobgar «Sam Universal Teks» MÇJdan 95 million kredit mablaği hisoblangan bank foizlari va penyalari bilan qaytarişni talab qilib bergan arizasi körib çiqilib, mavjud hujjatlar örganilgan holda, qanoatlantirilgan.
26 oktabr kuni «Sam Universal Teks» MÇJ Samarqand şahar iqtisodiyot sudiga kassatsiya tarzida murojaat qilib, birinçi instansiya sud majlisidan bexabar qolgani, sud uning iştirokisiz ötganini rökaç qilib, sud materiali bilan tanişiş va kerakli hujjatlarni taqdim qilişini sörab, sud majlisi keyinçalik muddatga belgilaşni iltimos qildi.
Javobgarning iltimosi qondirildi. Biroq, 2 noyabr kuni berilgan keyingi majlisda ham A.Igamov aynan uşbu kredit mablağini qaytarganligi yuzasidan biror-bir jöyali hujjatlar taqdim eta olmadi.
Sud 25 avgust kungi hal qiluv qarorini öz kuçida qoldirdi. Unga köra «Sam Universal Teks» MÇJ «Tangem Abbos» xususiy korxonasiga ötkazib berilgan 95 million mablağ, şuningdek, bank foizi va penyalarni qaytaradigan böldi.
Garovdagi mol-mulklar-çi?
Ayni paytdagi vaziyatning lönda ifodasi mana şular. Muxtasar qilib yakunlaydigan bölsak, kimni kim aldayotgani, aslida kim kuyib qolayotgani ma'lum emas.
Mamasaid Igamovdan söraymiz:
«Nega öz mulkingizni sotiş uçun boşqa birovning korxonasi olgan kreditga boşqa bir mulklaringizni garov sifatida berişga rozi böldingiz?»
«Aka-uka edik, avvaldan oldi-berdi qilib yurardik. Avval ham bir neça marta pul berganman, işonçimdan çiqqan. Işondim-da», deydi u.
Nabi Açilovga savol beramiz:
«Öz mulkini garovga qöyib, sizga kredit oldirib, u pulni qaytarmaslikdan Mamasaid akaning murodi ne bölgan?»
«Maqsad — meni qamatiş tahdidi bilan qörqitib, 170 million pulni yeb yuboriş va taniş-bilişlarini örtaga solib, mol-mulkimni, kerak bölsa uy-joyimni sottirib, bank kreditini tölattiriş bölgan», — deydi N.Açilov.
Şunisi e'tiborliki, 2015 yildayoq N.Açilov ortiq kredit tölay olmasligi, korxonasi bankrot bölganligi sababli, kredit undiruvini garovdagi mol-mulkka qaratiş haqida bankka ariza bergan. Bank sudga bergan. 2015 yil 26 noyabrda FIB Iştixon tuman sudi bu haqda hal qiluv qarori çiqargan va sud qarori 2015 yil 17 dekabrda qonuniy kuçga kirgan. 2017 yil 5 may sanasida yana bir karra bu haqda qaror çiqargan.
«Xalq banki» Payariq tuman filiali boşqaruvçisi örinbosari Erkin Abduraşidov bilan KUN.UZ maxsus muxbirlari — X.Daliyev, T.Rahmatov va Ş.Şokirjonov gaplaşganimizda, ayni paytda bölimda undirilmay osilib yotgan eng mojaroli kredit mana şu bölib turgani, şu kredit undirilsa bölim foydaga çiqişi, xodimlar uzoq taşvişlardan söng mukofot puli olişlari haqida gapirib ötdi.
Bank sud qarori asosida garovdagi mollarni onlayn auksionga qöyib, pulni undirişda amaliy yordam körsatişni sörab Majburiy ijro byurosi Payariq tuman bölimi va Samarqand viloyat boşqarmasiga ham xat yöllagan. Olgan ma'lumotlarimizga köra, Majburiy ijro byurosi hozirça faqat «Spark» avtomaşinasini jarima maydonçasiga qöygan.
Vaziyat şundayki, agar Samarqand şahar iqtisodiyot sudining qaroriga köra M.Igamovga tegişli «Sam Universal Teks» MÇJdan 95 million undiriladigan bölsa va kredit yopilsagina yana M.Igamovga tegişli turar-joy va «Spark» avtomaşinasi taqiqdan çiqadi. Yöqsa M.Igamov kvartirasi va maşinasi bilan xayrlaşişga majbur. Qonunlarimiz şuni taqozo etadi. Yana bir — N.Açilovga real tahdid solib turgan variantda u davlat mablağlarini talon-taroj etgani uçun jinoiy javobgarlikka tortiladi.
«Birovga qarz berganda yozib qöy», deyişadi. Uni söraş ham adabdan. Birovning haqini yeb ketiş esa katta gunoh. Çunki birovning haqi, albatta, teşib çiqadi. Biz uşbu vaziyatni batafsil yoritar ekanmiz, aynan mana şu odam yolğonçi, deya olmaymiz. Har tomonning öz haqiqati bor. Tomonlar murosa yölini tanlab, kreditni söndirişlari özlarini esa taşvişdan xalos etişlari kerak, tamom.