Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon Şvetsiyaga qarşi öyindan keyingi efir vaqtida közda yoş bilan termadagi faoliyati yakunlangani haqida ma'lum qildi. Şvetsiyaga qarşi öyin uning uçun sönggisi bölib qoldi – italyanlar jahon çempionatiga bormaydigan böldi.

«Italiya termasini yaxşi yigitlarga qoldiraman. Menga hamişa yordam bergan insonlarga, mening Kellimga, mening Bardzamga, mening Leo... Rahmat yigitlar, rahmat. Rahmat Italiya.
Terma jamoa hali örnidan kötariladi. Biz italyanlarmiz, biz hamişa qayta olamiz. Men sizlarga özimning Jiji Donnarummamni qoldirmoqdaman. Mattia Perin ham yaxşi turadi», – dedi Buffon RAI efirida.
Qayğuli video:
Juda qayğuli suratlar










Buffonning terma jamoadagi faoliyati 1997 yilda JÇ-98 uçun pley-off öyinlari doirasida Rossiyaga qarşi öyin bilan boşlangandi. Safarda 1:1 va uyda 1:0 hisobidagi natijalardan keyin Italiya Fransiya maydonlaridagi jahon çempionatiga çiqqandi.



















