Amerika yurak kasalliklari assotsiatsiyasi mutaxassislari ma'lum qilişiça, qahva iste'mol qiliş yurak yetişmovçiligi va insult paydo böliş xavfini kamaytirar ekan. Bu haqda EurekAlert! saytida e'lon qilingan press-relizda aytib ötilgan.

Olimlar yurak qon-tomir tizimi holati va turli parhezlar orasidagi boğlanişni aniqlaşga bağişlangan uzoq muddatli Framingham tadqiqotlari natijalarini maşina algoritmi yordamida qayta işlab, tahlil qilişgan. Aniqlanişiça, haftasiga har bir qöşimça finjon qahva infarkt xavfini 7 foizga, insult xavfini 8 foizga kamaytiradi.

Garçi tadqiqot natijalari sabab-oqibat özaro boğliqligini körsatmayotgan bölsa-da, boşqa ilmiy işlarda ham qahvani kunda iste'mol qiliş tösatdan öliş xavfini kamaytirişi, saratonning turli körinişlari, jumladan, jigarda xavfli ösma paydo bölişi ehtimolini pasaytirişi namoyiş etib ötilgan edi. Bularning barçasi hisobga olinadigan bölsa, qahva çindan ham yurak qon-tomir tizimi işdan çiqişidan öliş xavfini kamaytirişiga işonsa böladi.