10 noyabrdan boşlab Filippin poytaxti Manilada Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASeAN) sammiti bölib ötmoqda. Bu sammitda şuningdek Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev ham iştirok etmoqda.

Foto: Andrew Harnik / AP / Scanpix / LETA

13 noyabrda ASeANga kiruvçi davlatlar rahbarlari an'anaviy jamoaviy suratga tuşişdi. ASeAN an'anasiga köra, birdamlikni namoyiş qiliş maqsadida rahbarlar qöllarini çaliştirgança bir-birlarini qöllarini uşlab, göyoki bir zanjirni hosil qilgandek suratga tuşişadi. Biroq Medvedev buning uddasidan çiqolmay, qöllarini keng yoygança suratga tuşdi.

Foto: Mixail Klimentev / TASS

E'tiborlisi, 2010 yil oktabrda ötgan ASeAN — Rossiya sammitida öşa kezlarda prezident bölgan Medvedev xuddi şunday tarzda qolganlardan “ajralib” suratga tuşgandi.

Bunday “özgaçalikni” hattoki Vladimir Putin ham öziga ijozat bermagandi. U ilk ASeAN–Rossiya sammitida hamma qatori qöllarini çaliştirgança suratga tuşgan.

Foto: Aleksey Panov / TASS / All Over Press / Vida Press

2016 yilda Soçida ötgan ASeAN-Rossiya sammitida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu ASeAN böyiça hamkasblari bilan birgalikdagi suratda bu vazifani uddalay olgandi. Biroq Putin iştirokidagi fotosessiyada bunday surat olinmagan.