Rossiya va Qozoğiston 1994 yil 10 dekabrdagi «Boyqönğir» majmuasi ijara Şartnomasiga özgartiriş kiritiş töğrisidagi bayonnomani imzoladi. Bu haqda Qozoğiston Mudofaa va aerofazoviy sanoat vazirligi saytida xabar berilgan.
«Hujjatga köra, Akay hamda Toretam posyolkalari yaqinidagi 11,6 ming gektar yer Rossiya ijarasidan çiqarildi va Qizilörda viloyatiga berildi. U yerda endi ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilma rivojlantiriladi», - deyiladi xabarda.
Şuningdek ta'kidlanişiça, Rossiya soğliqni saqlaş vaziri Veronika Skvortsova hamda Qozoğiston soğliqni saqlaş vaziri Yeljan Birtanov Boyqönğir xodimlari va bu yerga yaqin hududlar aholisiga tibbiy xizmat körsatiş böyiça kelişuvga özgartirişlar kiritiş töğrisidagi bayonnomani imzoladi.

















