Soçidagi Boçarov Ruçey qarorgohida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan uçraşuvi bölib ötdi. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning sözlariga köra, tor doiradagi uçraşuvdan söng, tomonlar kengaytirilgan tarkibda Suriya masalasini muhokama etişgan va yana tor doiradagi muzokaralarga qaytişgan. Muzokaralar jami tört soatga yaqin davom etgani xabar qilinmoqda.

Rossiya va Turkiya yetakçilarining muzokaralari yakuniga bağişlab matbuot uçun çiqişlari sinxron tarjima uskunasining işlamasligi bilan boşlandi. Putin darhol vaziyatdan çiqişning yölini topdi va tarjimonni töğridan-töğri mikrofonga taklif qildi.

RF yetakçisi Vladimir Putin öz bayonotini ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilişga ulgurişgani, şuningdek, Suriya muammosi ham muzokara mavzusi bölganini ta'kidlab ötdi. U Rossiya-Turkiya hamkorligi darajasi tiklanganini qayd etib, ikki davlat örtasidagi savdo hajmi 36 foizga oşganligini ta'kidladi. 

Putin uşbu uçraşuv öta tezkor ruhda, byurokratiya va ortiqça diplomatik jarayonlarsiz, samarali ötayotganini qayd etib ötdi.

«Bizda iş yuzasidan noformal juda yaxşi fikr almaşiş amaliyoti, rejalarimizni tahrirlab oliş va oldingi muzokaralar yakunini sarhisob qiliş şakllanib böldi. Bunday amaliyotga doimo rioya qilamiz», — dedi Putin.

Turkiya Rossiya Federatsiyasi bilan savdo munosabatlarida qolgan-qutgan çeklovlarning ham olib taşlanişini yoqlaydi, dedi prezident Rajab Toyyib Erdöğan.

«Bizning aloqalarimiz mavjud muammolarning barçasini bartaraf etiş yuzasidan davom etib keldi va davom etmoqda… Ötgan oyda Qozonda hukumatlararo komissiya öz işini yakunladi va uning yakunlariga köra Rossiyaga qişloq xöjaligi mahsulotlarini olib kiriş böyiça yengilliklar joriy etilganini bilib oldik. Biz qolgan çeklovlar ham olib taşlanişini xohlaymiz», — dedi Erdöğan.

Turk yetakçisining aytişiça, 2017 yilning birinçi çoragida «ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlar darajasi 15 milliard AQŞ dollaridan oşgan».

«Biz 100 milliard dollarlik marraga yetişimiz uçun işbilarmonlarimiz yölidagi barça tösiqlarni bartaraf etmoğimiz kerak. Buning uçun oldingi vizasiz rejimga qaytişimiz muhim ahamiyat kasb etadi», — degan u.

Ikki davlat yetakçilari, şuningdek, Suriyadagi vaziyatni ham muhokama etişgan. Putinning qayd etişiça, Rossiya, Turkiya va Eron kabi Ostona jarayonlarining kafili bölgan mamlakatlarning sa'y-harakati natija keltirmoqda, biroq uzoq muddatda vaziyatning barqarorlaşuvi böyiça işlarni köpaytiriş kerak. Erdöğanning ta'kidlaşiça, mojarolardan xoli zonalarning belgilanişi ham Suriyadagi inqirozni tartibga solişga öz hissasini qöşmoqda. U mintaqada tinçlikka siyosiy yöl bilan erişiş uçun asoslar paydo bölganini qöşimça qildi.