184 ta davlatdan 15364 olim tomondan imzolangan murojaatda insoniyatga xavf solayotgan boş tahdidlar sanab ötildi. “Insoniyatga ikkinçi bunday ogohlantiriş” BioScience jurnalida çop etildi.
Olimlar sayyoramizning ekotizimiga xavf solayotgan boş tahdid sifatida global isişni aytişgan. 1992 yildan beri dunyo böyiça örtaça havo harorati 0,5 gradusga kötarilgan, karbonat angidridning yillik örtaça çiqarilişi 62 foizga oşgan.
Çuçuk suv manbalari kamaygan, örmonlar hududlari qisqargan va okeanda “ölik”, ya'ni kislorod kam bölgan hududlar ölçami kattalaşgan.
Mutaxassislar xlorftoruglerodlardan sekin-asta voz keçiş ozon qatlamidagi yemirilişning qisqarişiga olib kelganini ijobiy baholaşgan.
Olimlarning fikriça, oxirgi çorak asr davomida Yer aholisi 2 mlrd ga köpaygan. Bu orada qolgan sut emizuvçilar, sudralib yuruvçilar, baliqlarning populyatsiyasi 30 foizga kamaygan.
Olimlarning ta'kidlaşiça, insoniyat tabiiy zaxiralardan nooqilona foydalanilayotgani va odamlarning tobora köpayib borayotgani bilan hisoblaşmay, öz kelajagini xavf ostiga qöymoqda.
Murojaatda olimlar ekologiya sohasida keskin va qat'iy harakatlarni amalga oşirişga çaqirişgan. Jumladan, ular insoniyatning ekotizimga salbiy ta'sirini kamaytirişi mumkin bölgan 13 çorani taklif qilişgan.
Ular insoniyatga tiklanuvçi energiyaga ötiş, tuğiliş ustidan nazorat örnatiş, zaxiralardan oqilona foydalaniş va tabiatni qöriqlaş, köproq meva-sabzavotlar iste'mol qiliş va boylik ortidan quvişni bas qilişni tavsiya qilişmoqda.
Bu ikkinçi şunday murojaatdir: birinçisi 1992 yilda yozilgan. Öşa murojaatni 1,7 mingdan köproq olim imzolagan. Öşanda olimlarning taşvişlanişiga insoniyatning ta'siri oqibatida sayyoramiz biosferasining barbod bölayotgani sabab bölgandi.

















