«Oyning ön beşi qoronği bölsa, ön beşi yoruğ, biz blokadalar tufayli kamçiliklar bor joylarni bilib olmoqdamiz», - deya aytib ötdi Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev «Ala-Arça» davlat qarorgohida 15 noyabr kuni barqaror rivojlaniş böyiça Milliy kengaş yiğilişida.
«Biz energoblokadan söng energetik xavfsizlikka erişdik. Endi Qirğizistonga energetika, yöllar sohasida şunday infratuzilma loyihalari kerak ekanini körmoqdamiz. Jöqorği Keneşdagi ba'zi deputatlar biz nega kreditlar olayotganimiz, bu Qirğizistonga duşmanlik ekanini aytib qiçqirmoqda. Deputatlar, sizlarga şuni aytib qöymoqçiman. Agarda sizlar parlamentda kamroq şanğillagangizda, hukumat kreditlarga yöllar qurgan, hozir esa muqobil yöllar, muqobil bozor paydo bölgan bölar edi, sababi Xitoy temir yölini qurişga rozi. Kreditlarni oliş va parlamentda bor ovozi bilan qiçqirayotganlarga e'tibor bermaslik kerak. Agar parlament bundan keyin ham mamlakatimizga rivojlanişda xalaqit qiladigan bölsa, unda bunday parlamentning özi kerak emas», - deya ma'lum qildi Atamboyev.
Uning sözlariga köra, muqobil yöllar qurilmoqda, biroq endi «birodar Özbekiston bilan heç qanday qörquvlarsiz kreditlar oliş va temir yölni quriş lozim».
«Bir mamlakat şimoli va janubini temir yöli orqali boğlaymiz. Sapar Jumaqodiroviç, mayli, temir yöli böyiça kreditni rasmiylaştiramiz va bu bir neça yilni talab qiladi. Biroq Toşkent-Öş-Qoşğar avtotrassasini darhol boşlaş kerak», - dedi u.
Atamboyevning ta'kidlaşiça, u kelasi yili işga tuşirilişi lozim.
«U yerda atigi bir neça ön million dollar. Heç bölmasa avtotrassa işlaşi kerak. Xitoyga qişloq xöjaligi mahsulotlari kerak emasligi haqida gapirayotganlar esa, oçiq-oydin yolğon sözlaşmoqda. Mana bir kişi televideniye orqali çiqiş qildi, men MXDQdan u kimligini bilib berişni söradim, u esa Qozoğistonga qoçib qoldi. Bizga yuborilgan oddiy xizmatkor bölib çiqdi. Menga XXR raisi Si Tszinpinning şaxsan özi Xitoyda ekologik toza mahsulotga ehtiyoj borligini bir neça bor aytgan. Xitoyda hammasi öğitlarda, Qirğizistonda esa hattoki öğitlar zavodi ham yöq, hamma mahsulotlar toza. Endi, bizni YeOII bilan ajratib qöyişgani tufayli Xitoy bilan işlaş lozim. Boşqa bozorlarni qidiriş kerak, Xitoyga, Özbekistonga boriş talab etiladi. U yerda bizning kartoşkaga ehtiyoj katta», - dedi u.
Avvalroq Atamboyev Qozoğiston böyiça öta keskin bayonot bergani xabar qilingandi.

















