Jamiyat | 10:50 / 15.11.2017
21158
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Qora rangda tanilgan ESSI mahsulotlarining sutdek toza zavodiga sayohat

Foto: ESSI

2017 yil boshlanishi, Yangi yil bayrami arafasida o‘ziga xos sovg‘a sifatida taqdim etilgan ESSI — sut mahsulotlari brendimiz haqida «Kun» nashrida xabar berib, bayram bilan barchani tabriklagandik. O‘shanda iliq qabul qilingan brendimiz tashkil etilganiga bir yil to‘lmasdan, yurtimizda millionlab kishilarning, ayniqsa bolakaylarning qalbidan alohida o‘rin egallab ulgurdi.

Bunga sabab esa hech qachon sir bo‘lmagan — biz har doim mijozlarimizning sog‘liklari haqida qayg‘urganmiz va buning uchun ishlab chiqarishda yetakchi texnologiyalar hamda mutaxassislar yordamidan foydalanamiz.

Mahsulotlarimiz tabiiy va noto‘g‘ri sharoitda uzoq saqlab bo‘lmaydi. Shu bois, ularning sifati buzilib qolmasligi uchun tezkor yetkazib berish — logistika markazlarini tashkil qilganmiz va bu ESSI’ning sevimli bo‘lishda katta xizmat qilgan.

Foto: ESSI 

Hozirda kefir, biokefir, qatiq, ayron, tvorog, sirok, smetana, qaymoq, tabiiy mevali yogurtlar kabi 30 xil mahsulotlarimizni yurtimizdagi supermarketlardan xarid qilish mumkin. Ular nafaqat ta'mi va yoqimli ekanligi bilan, balki o‘ziga xos qora idishlardaligi sabab ham ajralib turadi.

O‘tgan 10 oy davomida saytimiz hamda Facebook va Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda mijozlarimiz bilan doimiy muloqotda bo‘lib turdik, bundan tashqari har doim supermarket xodimlaridan mahsulotlarimiz haqida mijozlar qanday fikr bildirishlari bilan qiziqamiz.

Deyarli har bir kishini ESSI — sut mahsulotlari qora rangli idishlardagi ekanligi ajablantirgan. Shuning uchun, qora rangda tanilgan ESSI mahsulotlari ishlab chiqariladigan sutdek toza zavodimizga sayohat videosini tasvirga oldik. Unda siz har kun iste'mol qiladigan mahsulotlarimiz qanday ishlab chiqarilishi boshidan oxirigacha ko‘rsatilgan. Marhamat, tomosha qiling (YouTube’da tomosha qilish):

Mahsulotlarimiz dasturxoningizga ko‘rk berib, yosh-u qarining ko‘nglidan o‘rin egallayotgani va muhimi, sog‘lom turmush tarzi kechirishingizda yordam berayotganidan xursandmiz.

  • Manzilimiz: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Ibn Sino ko‘chasi, 10-uy
  • Telefonlar: (+998 71) 263 29 29 / (+998 95) 198 29 29
  • Veb-saytimiz: essi.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid