Zimbabveda harbiylar mamlakat prezidenti Robert Mugabeni qamoqqa olişgani va «davlatdagi vaziyat boşqa darajaga çiqqani» haqida ma'lum qilişdi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Naşrning ta'kidlaşiça, davlatning ZBC telekompaniyasi «bosib olinganidan» söng harbiy formadagi ikki zobit «harbiylar hokimiyatni egallab olişganini rad etgan» hamda Mugabe va uning oilasi «xavfsiz hamda işonçli joyda ekani, ularning xavfsizligi kafolatlangani» haqida qöşimça qilib ötgan.

«Biz faqat uning atrofidagi jinoyatçilarni ta'qib qilmoqdamiz. Ular jinoyatlar sodir etib, mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy azob-uqubatlar keltirib çiqarişmoqda. Biz ularni javobgarlikka tortiş maqsadidamiz», - deya ma'lum qilgan boş notiq, armiya ştabi boşliği, general-mayor S.B.Moyo deb aytilayotgan şaxs. 

Şuningdek, Moyoning ma'lum qilişiça, «istalgan fitna harakatiga tegişli javob qaytariladi».

Zimbabveda siyosiy tanglik. Mamlakatda harbiylar isyoni boşlandi