Zimbabve poytaxti Xarareda, prezident Robert Mugabe qarorgohi yaqinida otişma ovozlari eşitilmoqda. Bu haqda AFP guvohlarga asoslangan holda xabar tarqatgan.

«Uning uyi yaqinida 30-40 marta öq ovozi eşitildi»,— degan janob Mugabening qarorgohiga yaqin hududda yaşovçi fuqarolardan biri.

Bundan avvalroq Xarareda bir neça portlaşlar sodir bölgani haqida xabarlar berilgandi.

14 noyabr kuni poytaxtga kirgan harbiylar Zimbabve davlat teleradiokompaniyasini egallaşgandi.

Ayni vaqtda mamlakatda davlat töntarilişi boşlangani aytilmoqda.

Foto: General-mayor S.B.Moyo 

Biroq biroz avvalroq harbiylar televideniye orqali çiqiş qilib, prezident Mugabe xavfsiz joydaligi, bu harakatlar isyon emasligi, ularning maqsadi prezidentning atrofidagi kişilarga qarşi qaratilgani haqida aytişgandi.

37 yildan buyon Mugabe tomonidan boşqarib kelinayotgan Zimbabveda siyosiy inqiroz şu oy boşida boşlangandi. 6 noyabr kuni Mugabe vitse-prezident, öz vorisi sifatida qaraluvçi 75 yoşli Emmerson Mnangagvuni jodugarlar yordamida hokimiyatni qölga olişga urinişda ayblab iste'foga çiqarib yuborgandi.  

Foto: Emmerson Mnangagva / The Herald

Mnangagva va uning tarafdorlari mamlakatdagi hukmron “Zimbabve Afrika milliy ittifoqi – Vatanparvarlik fronti” partiyasiga qarşi yaşirin guruh yaratiş yöli bilan prezidentni hokimiyatdan çetlatişni rejalaştirişgani ma'lum qilindi. Mnangagvu mamlakatdan çiqib ketişga majbur böldi.

Ba'zi naşrlarga köra, Mugabe öz vorisini rafiqasi Greys Mugabening qutqusi bilan haydadi. Keyinroq Greys Mugabe uning örinbosari etib tayinlanişi haqida xabar qilindi.