Amerikalik biokimyogarlar ortiqça vaznga moyillik hujayralardagi oqsillarning öziga xos mutatsiyalari bilan boğliq bölişi mumkinligini aniqlaşdi. Tadqiqot haqida Dyuk universiteti saytida ma'lum qilindi.
Laboratoriya siçqonlari iştirokidagi tajribalar davomida olimlar ankirin-B gen varianti taşuvçilaridan biri qolganlarga nisbatan ança tez vazn töplagani ma'lum böldi. Mutaxassislarning sözlariga köra, bu gen Glut4 oqsili faoliyatini nazorat qiladi, u esa, öz örnida, ham kemiruvçilarda, ham insonlarda glyukozaning yoğ hujayralari tomonidan özlaştirilişi intensivligini belgilaydi.
"Öylaşimizça, oçlik yillarida aynan şu gen ota-bobolarimizga energiyani saqlab qolişga yordam bergan. Biroq hozir, yegulik borasida yetişmovçilik yöq bir paytda bu ankirin mutatsiyasi semizlikni epidemiyaga aylantirişi mumkin", - dedi biokimyo professori Jord Geller.
Olimlarning ta'kidlaşiça, ularning ixtirosi semizlikning birinçi navbatda notöğri parhez va kaloriyali ovqatni köp iste'mol qiliş natijasida kelib çiqişiga doir fikrni inkor etadi. Mutaxassislar yaqin orada laboratoriya işi doirasidan çiqib, ortiqça vazndan aziyat çekayotgan amerikaliklar orasida tadqiqot ötkazişni rejalaştirişmoqda.

















