Har gal biror sayyohga duç kelsam, bundan bir neça yil ilgarigi voqea yodimga tuşadi:

Uyimizda fransiyalik ijodkorlar mehmon bölişdi. Saharlab şahar aylanişga çiqdik. Samarqandda ikkinçi bor bölişlariga qaramay, Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Bibixonim majmuasi, «Siyob» dehqon bozori, Samarqand şahridagi muzeylar — hammasini hayrat bilan tomoşa qilişdi. Tuşlikka yaqin «Palov tayyorlayapmiz», deb uyga taklif qildim.

«Yöq, yöq, — boş çayqadi ulardan biri. — Hozir yoz fasli. Havoni qarang. Bunday paytda eng yaxşi tuşlik — bitta Samarqand noni bilan tarvuz-da. Palovni yaxşi köramiz, ammo palov yeganga yaraşa quvvat sarflay olamizmi?».

Hayratlandim. «Sihat tilasang, kam ye, izzat tilasang, kam de», degan maqolga biz emas, fransuzlar köproq amal qilişarkan-da, deya xulosa qilgandim öşanda.

Kundan-kun özgarib borayotgan zamon şiddati, tezkor hayot tarzi bizga imkon qoldirmayapti: biz yöl-yölakay ovqatlanamiz, vaqtni tejab (yoki tezpişar taomga mazaxörak bölib qolganmiz) fastfudga yuguramiz, nonuştani ham, keçki ovqatni ham televizordan köz uzmay «yutib» qöya qolamiz. Köpçiligimiz ovqatlanişda me'yorga amal qilmay qöydik. Biz yeymiz, yeyaveramiz. Bizdan körib bolalarimiz ham yeydi, yeyaveradi. Agar biror ziyofat, bazm çiqib qolsa, oşqozonning holiga voy.

Ota-bobolarimiz bir hovuç mayiz, törtta yonğoq, bir piyola çoy bilan nonuşta qilib, ketmonini orqalagan bölsa, bugun biz — tört qadam piyoda yurişga holi yöq zamonaviy insonlar nonuştamizda issiqqina somsalar, yumşoqqina non, kolbasayu sariyoğ bölmasa, könglimiz joyiga tuşmaydi. Ayrimlar esa butunlay teskari yöl tutadi: nonuştadan voz keçib, bir keça-kunduzlik kaloriyaning asosiy uluşini keçki ovqat mahali qabul qiladi.

Ba'zan özimizga «Yaxşi ovqatlanaman, bunça kasallik qayoqdan?» deb savol beramiz. Ammo töyib ovqatlaniş bilan töğri ovqatlaniş orasida farq bor. Notöğri ovqatlaniş ortiqça vaznga, buning orqasidan turli xastaliklarga sabab böladi. Mutaxassislarning yozişiça, semizlik yurak-qon tomir kasalliklari (ateroskleroz, arterial gipertenziya, yurak işemik kasalligi), suyak-böğim (osteoxondroz, deformatsiyalovçi osteoartroz) va endokrin tizimi (2-turdagi qandli diabet), onkologik kasalliklarning köplab turlari (töğri içak, kökrak bezi saratoni) kabi a'zolar va tizimlarda turli xastaliklar yuzaga kelişining asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

Tibbiy risolalarda har bir kişi ta'biga qarab ovqatlanişi zarurligi ta'kidlanadi. Kişi öz organizmi ehtiyojlariga quloq tuta bilişi va özi uçun foydali, hazmi yengil taomlarni iste'mol qilişi kerak. Aslida töy-ma'rakalarda yoziladigan dasturxonda noz-ne'matlarning sarxilligi ham şu bilan boğliq: har kim ta'biga köra tanlab yeyişi kerak. Ba'zida bizdagi odob-axloq me'yorlari mezbon keltirgan har qanday taomni yeyişga majbur qiladi. «Oşqozonim nozik, oş bölmaydi», deya olmaymiz. Hamma qatori oşaymiz. Keyingi ahvol özimizga ma'lum. Ayrimlar esa seryoğ, hazmi oğir taomlar salomatligiga zararligini bila turib, nafsini tiya olmaydi.