Özbekistonda 500 va 1000 nominaldagi söm banknotlari örniga şu qiymatdagi tangalar çiqarilişi mumkin. Markaziy bank raisi birinçi örinbosari Timur Işmetovning aytişiça, aynan şu masalaga oid aniq qaror qabul qilinmagan.

«Biz 50 ming va 10 ming sömlik banknotlarni katta hajmda muomalaga çiqardik. Aholiga kiçik qiymatdagi köpgina banknotni özi bilan olib yuriş qiyinçilik tuğdirişi tabiiy, şuningdek, ularni işlab çiqariş ham iqtisodiyotga foyda bermaydi. Bunday vaziyatda xalqaro tajribada bölgani kabi yirik nominaldagi banknotlarni işlab çiqariş yoki mayda pullarni tangaga almaştiriş maqsadga muvofiq böladi», deya Timur Işmetovning sözlarini keltiradi Kun.uz muxbiri.
Markaziy Bank raisi birinçi örinbosarining aytişiça, aholiga qulaylik yaratiş va monetar işlab çiqarişda samarali yölga qöyiş haqida fikrlar yuritilmoqda.
«Hozirgi masala kiçik nominaldagi banknotlarni tanga bilan almaştiriş yoki yirik banknotga ötişda qolgan. Agar bu haqda qaror qabul qilinsa, xabar qilamiz», deydi u.
















