Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2018-2024 yillarda jazoni ijro etiş muassasalari faoliyatini rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori e'lon qilindi. 

Hujjat bilan quyidagilarni öz içiga oluvçi 2018-2024 yillarda jazoni ijro etiş muassasalari faoliyatini rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi:

2018-2022 yillarda jazoni ijro etiş muassasalari va ularning taşkilotlari işlab çiqariş quvvatlarini rivojlantiriş va texnik jihatdan qayta jihozlaş çora-tadbirlari 1-ilovaga muvofiq;

Jazoni ijro etiş muassasalarining byudjyet mablağlari hisobiga qoplanadigan kommunal xarajatlarini bosqiçma-bosqiç işlab çiqariş mablağlari hisobiga qoplaş böyiça 2019-2024 yillarga möljallangan prognoz rejasi 2-ilovaga muvofiq;

Jazoni ijro etiş muassasalarining xarajatlarini bosqiçma-bosqiç işlab çiqariş mablağlari hisobiga qoplaş böyiça 2020-2024 yillarga möljallangan prognoz rejasi 3-ilovaga muvofiq.

Jazoni ijro etiş muassasalari va ularning taşkilotlarida işlab çiqariladigan mahsulotlar röyxati 4-ilovaga muvofiq ma'lumot uçun qabul qilindi.

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vaziriga Jazoni ijro etiş boş boşqarmasining asoslangan taklifiga asosan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining buyruği bilan Dasturga özgartiriş kiritiş huquqi berildi.

Davlat va xöjalik boşqaruvi organlari va boşqa taşkilotlarga öz moddiy-texnik bazasini yaxşilaşga bölgan ehtiyojni jazoni ijro etiş muassasalari va ularning taşkilotlarida işlab çiqariladigan mahsulotlar hisobiga qondiriş masalasini körib çiqiş tavsiya etildi.

Belgilanişiça, mazkur qarorda nazarda tutilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş bilan boğliq xarajatlar Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Jazoni ijro etiş boş boşqarmasining Markazlaştirilgan jamğarmasi mablağlari, jazoni ijro etiş muassasalari va ularning taşkilotlari mablağlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan amalga oşiriladi.

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi jazoni ijro etiş muassasalari va ularning taşkilotlarining işlab çiqariş faoliyatini rivojlantiriş va kelgusida ularning daromadlarini izçil oşiriş borasida amalga oşiriladigan işlar ijrosini har çorak yakuni böyiça tanqidiy tahlil qiladi hamda yöl qöyilgan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan qöşimça çora-tadbirlar körilişini ta'minlaydi.