Milliy matbuot markazida «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan «Plastik karta tizimini takomillaştiriş, bu borada joriy etilayotgan innovatsion ğoyalar va ularni rivojlantiriş asoslari» mavzusida anjuman ötkazildi.
Anjumanda bugungi kunda bankda plastik kartalar bilan işlaş tizimida zamonaviy interaktiv xizmat turlarini rivojlantiriş yuzasidan qator ijobiy işlar amalga oşirilayotgani qayd etildi.

Joriy yilning 1 noyabr holatiga köra, bank tomonidan tarqatilgan plastik kartalar soni 3 milliontani taşkil etib, xöjalik yurituvçi sub'yektlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga qulayliklar yaratiş uçun 19 mingtaga yaqin korporativ plastik kartalar muomalaga çiqarildi.
Ayni paytda plastik kartalar orqali tölov tizimini rivojlantiriş maqsadida «Agrobank» filiallarida 30dan ziyod bankomat va 120ta infokioska faoliyat yuritmoqda. Ular orqali iş haqi, pensiya tölovlarini yuklaş, şuningdek, kommunal va boşqa tölovlarni qabul qiliş yölga qöyildi.
Xususan, moliya muassasasi tomonidan «Agrobankmobile» zamonaviy xizmat turi joriy etilib, aholiga sifatli, tezkor va işonçli xizmatlar körsatilmoqda. Ayni paytda yangi xizmat turi nafaqat «Agrobank» plastik kartalaridan foydalanuvçi barça mijozlarga, balki boşqa bankning plastik kartalaridan foydalanuvçilar uçun ham taklif etilmoqda.
Mazkur mobil ilova orqali soliq va bojxona, kommunal, kreditlarni söndiriş, kartadan kartaga pul ötkaziş, uyali aloqa hamda şahar telefonlari, internet-saytlar va televideniye, şuningdek, maktabgaça ta'lim muassasalari hamda suğurta xizmatlari va boşqa tölovlarni amalga oşirişlari mumkin.
Şuningdek, «Agrobank»da xöjalik yurituvçi sub'yektlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun «Agrobankmobile-Biznes» mobil ilovasi ham yölga qöyilgan. Unda yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar hisob raqamlaridagi mablağlarni tasarruf etiş, tovar hamda xizmatlar uçun tölovlarni ötkaziş, turli hisobotlarni şakllantiriş va boşqa imkoniyatlar yaratilgan.
Tadbirda kelgusida aholi va mijozlarga qulayliklar yaratiş maqsadida bir qator xorijiy davlatlarda foydalanib kelinayotgan VISA, Union Pay, Master card, MIR kabi xalqaro plastik kartalar tizimini yanada rivojlantiriş borasida ma'lumotlar berib ötildi.


















