Özbekiston Yoşlar ittifoqi faollariga ham oliy ta'lim muassasalariga imtihonsiz kiriş imkoniyati beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 14 noyabrdagi "Özbekiston yoşlar ittifoqining faol a'zolariga oliy ta'lim muassasalariga kirişda imtiyozlar beriş töğrisida"gi qaroriga muvofiq Özbekiston yoşlar ittifoqi tizimidagi sardorlar, boşlanğiç taşkilotlardagi yönaliş yetakçilari, ikki yillik mehnat stajiga ega bölgan fidoiy yoşlar tavsiyanoma asosida doimiy yaşaş joyidagi oliy ta'lim muassasalarining pedagogika ta'lim yönalişlariga imtihonsiz qabul qilinadi.
Qarorning töliq matni bilan www.lex.uz saytida keltirilgan.
Özbekiston yoşlar ittifoqining faol a'zolariga oliy ta'lim muassasalariga imtiyozli qabul qiliş böyiça tavsiyanomalar beriş tartibi töğrisidagi nizomga köra, tavsiyanomalar - respublika komissiyasi tomonidan tanlovda ğolib nomzodlarni oliy ta'lim muassasalariga imtiyozli qabul qiliş uçun Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça davlat komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatdir;
Nomzodlar quyidagi toifalar böyiça tavsiyanomaga ega bölişi mumkin:
a) Yoşlar ittifoqining sardorlari;
b) Yoşlar ittifoqining boşlanğiç taşkilotlaridagi yönaliş yetakçilari;
v) Yoşlar ittifoqi tizimida ikki yillik mehnat stajiga ega bölgan fidoyi yoşlar.Tavsiyanoma faqat taqdim etilgan yil uçun amal qiladi. Tavsiyanomalar Özbekiston Respublikasida joylaşgan xorijiy oliy ta'lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
Nomzod tanlovlarda iştirok etiş uçun öz hududidagi tuman (şahar) komissiyasiga Nizomning 3-bandiga muvofiq quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) tuman (şahar) komissiyasi raisi nomiga ariza;
b) umumiy örta ta'lim (11-sinf negizida) yoki örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat hamda baholar körsatilgan ilovaning nusxalari;
v) ta'lim muassasasidan bitiruvçi öquvçi ekanligi töğrisida ma'lumotnoma (ma'lumotnomada oxirgi ikki yilda fanlardan olgan baholari körsatiladi);
g) 086-U-şakl böyiça tibbiy ma'lumotnoma;
d) pasport (pasport yoşiga yetmaganlar uçun tuğilganligi töğrisidagi guvohnoma)ning nusxasi;
ye) 3.5 x 4.5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurat;
yo) mehnat daftarçasining nusxasi (iş staji mavjud bölsa);

















