Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etiş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Amalga oşirilgan ijobiy işlar bilan birga, davlatimiz rahbari ayrim hududlarda jinoyatlarni sezilarli kamaytirişga erişilmagani, ba'zi jinoyat turlari oşgani kabi kamçiliklarni keskin tanqid qildi.
Xususan, Toşkent şahri, Jizzax, Samarqand, Farğona va Toşkent viloyatlari mutasaddi rahbarlariga yöl qöyilgan kamçiliklar körsatilib, ularni bartaraf etiş borasida aniq topşiriqlar berildi.
Qator mahallalarda profilaktik tadbirlarning samaradorligi yetarli darajada ta'minlanmagani, huquq-tartibot idoralarining jamoatçilik bilan hamkorligi talab darajasida yölga qöyilmagani, bu esa ayrim turdagi oğir jinoyatlar sodir etilişiga sabab bölgani aniq raqam va misollar asosida tahlil qilindi.
Davlatimiz rahbari tomonidan har bir hududning öziga xos xususiyatidan kelib çiqqan holda, tumanlar kesimida jinoyatlarning oldini oliş borasida alohida çora-tadbirlarni öz içiga olgan «Yöl xaritasi»ni işlab çiqiş yuzasidan körsatma berildi.
Tahlillar şuni körsatmoqdaki, joriy yilning dastlabki 10 oyida sodir etilgan qotillik jinoyatlarining 165 tasi er-xotin va qaynona-kelinlar örtasida, 66 tasi qöni-qöşnilar örtasida oddiygina maişiy kelişmovçiliklar oqibatida kelib çiqqan.
Yiğilişda mahallalarda faoliyat yuritayotgan posbonlar haqida söz borar ekan, köp hollarda ularning salohiyati, bilim va malakasi talabga javob bermasligi, bunday vazifaga fidoyi yoşlar safarbar etilmayotgani, rağbatlantiriş mexanizmlari işlab çiqilmagani sababli huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olişda posbonlar iştiroki sezilmayotgani ta'kidlandi. Şundan kelib çiqqan holda, «Mahalla posboni» jamoatçilik tuzilmasi faoliyatini tanqidiy körib çiqib, uning iş samaradorligini oşiriş yuzasidan körsatmalar berildi.
Yana bir oğriqli mavzu — körilayotgan çoralarga qaramasdan, firibgarlik bilan boğliq jinoyatlarni keskin kamaytirişga erişilmayotgani ta'kidlab ötildi. Bunday jinoyatlarning asosiy sabablari fuqarolik munosabatlarini qonun doirasida amalga oşirmaslikka borib taqaladi. Oqibatda bu sodda odamlarning jinoyat qurboni bölişiga olib kelmoqda.
Şu sababli davlatimiz rahbari notariat tizimlaridagi byurokratizm va sansolarlik holatlariga çek qöyiş, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş orqali notarial xizmatlar körsatiş jarayonini takomillaştiriş zarurligiga alohida e'tibor qaratdi.

















