Amerikalik kardiologlar 2, 3 va 4-qon guruhlariga ega odamlar kuçli ifloslangan atrof-muhitda 1-qon guruhiga ega odamlardan köproq darajada ötkir konorar (işemik) sindrom rivojlanişi xatariga moyil ekanliklarini aniqlaşdi.

Tadqiqotga köra, 1-qon guruhiga ega odamlar havo ifloslanişidan kamroq aziyat çekar ekanlar. Olimlar bu haqda Kaliforniyada ötgan Amerika yurak uyuşmasi anjumanida ma'lum qilişdi.   

Havo ifloslanişi inson salomatligiga jiddiy ta'sir körsatadi: havoda köp miqdorda oltingugurt va azot saqlovçi moddalar bölişi yurak-tomir va nafas oliş tizimlari kasalliklari rivojlanişi xavfini oşiradi. Biroq ba'zi odamlar iflos havoni qolganlarga nisbatan osonroq boşdan keçirarkanlar va bu baxtli insonlar – 1-qon guruhi egalari bölib çiqdi.

Olimlar 1993 yildan 2007 yilgaça davr içida ötkir konorar sindrom – yurak işemik kasalligining xavfli kuçayişini boşdan keçirgan bemorlar haqidagi ma'lumotlarni örganib çiqişdi. Bemorlarning kasallik tarixi havoda yirik çang – ölçami 2,5 mikrondan (1 mikron = 0,001 mm, ya'ni millimetrning yuzdan biri) oşmaydigan  yirik çang miqdori haqidagi ma'lumotlar bilan qiyoslandi. Aniqlanişiça, havoda bunday çanglar nisbatan kam bölganda, işemiyaning avj olişi xavfi barça qon guruhidagi odamlar uçun bir xil böladi. Biroq çang miqdori oşgan sari, 1-qon guruhi va qolgan uç qon guruhi egalari orasidagi tavofut ortib boradi.  

Olimlarning ta'kidlaşlariça, rejimga amal qiliş va jismoniy maşqlar qon guruhidan qat'iy nazar, işemiyaning kuçayişi oldini olişga imkon beradi.