Rossiyada 2017 yil 1 oktabr holatiga köra, mehnat patenti bilan 925 ming özbekistonlik işlamoqda. Bu haqda Rossiya içki işlar vazirligiga iqtibos keltirgan holda “Jahon” axborot agentligi xabar berdi.

Bundan taşqari, 21 mingdan köproq özbekistonlik yoşlar Rossiya oliy ta'lim muassasalarida tahsil olmoqdalar. Ötgan haftada Özbekiston va Rossiya yoşlar ittifoqlari qöşma loyihalarni amalga oşiriş haqidagi memorandumni imzolaşgandi. Tomonlar Özbekistonda II Özbekiston-Rossiya yoşlar forumini ötkazişmoqçi va Özbekiston-Rossiya yoşlar biznes-inkubatorini oçişmoqçi. 

Oktyabrda Moskva dumasida birinçi öqişda muhojirlar uçun mehnat patentining narxini 7 foizga – 4,5 ming rublgaça oşiriş loyihasi ma'qullangandi. Hozirda mehnat patenti narxi 4,2 ming rubl turadi. Yangi narxlar 2018 yildan joriy qilinadi.