Bugungi kunda ularning barçasi millioner yoki milliarder, lekin hammasining ham yoşligi bir xilda ötmagani aniq. Lekin ularni bir narsa birlaştirib turadi: ularning barçasi mehnat qilişni istaşgan.

Barçasida muvaffaqiyat tuşunçasi va unga yetişiş yöli turliça bölgan: kimdadir töğridan-töğri bölsa, boşqalarida egri-bugri söqmoqlar orqali.

Taniqli va badavlat insonlar ham bundan mustasno emas. Amerikaning eng taniqli 10 kişisi 25 yoşida nima işlar bilan maşğul bölgani haqida Insider.Pro ma'lumoti bilan örtoqlaşamiz.

Amazon asosçisi va direktori Jyeff Bezos moliya sohasida unçalik qiyin bölmagan iş bilan maşğul bölgan.

24 yoşida Bezos Bankers Trust komaniyasiga bank taşkilotlari uçun inqilobiy dasturiy ta'minot işlab çiqiş uçun işga kiradi. Ikki yil ötib u kompaniyaning eng yoş vitse-prezidentiga aylanadi.

 

AQŞ prezidenti Donald Tramp otasining quriliş kompaniyasini meros sifatida qabul qilib olgan.

Tramp badavlat quruvçi-magnat oilasida ösgan. 25 yoşida yoş quruvçi otasining Elizabeth Trump & Son kompaniyasi ustidan nazoratni qölga oladi va uning nomini Trump Organization deb özgartiradi. Şundan söng u Manhettendagi yirik va daromadli loyihalarda iştirok etib, boylik orttira boşlaydi.

 

Aktrisa Jyennifer Lourens bu yoşda «Oskar» va millionlarga ega edi.

Forbes baholaşlariga köra, 26 yoşli Lourens Hollivudning eng köp haq oluvçi aktrisasi hioblanadi. 2015 yilda u 52 mln. dollar işlab topgan, 2016 yilda esa — 46 mln. dollar. 25 yoşida Lourens «Oç öyinlar» trilogiyasi, «Iks odamlar» franşizasida suratga tuşişga ulgurgan edi.