15 noyabr kuni Toşkent şahridagi sobiq GUM yoki Turkuaz savdo majmuasi qaytadan iş boşladi. Toşkent savdo markazi nomi bilan faoliyat yuritayotgan kompleks 2010 yildan buyon huvillab qolgandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Tantanali oçiliş marosimidan söng, bino içiga qadam qöyildi. Uning birinçi qavatida maişiy-texnika buyumlar bilan savdo qiluvçi 40ta savdo dökoni va teng miqdorda kiyim-keçak hamda uy buyumlari sotilişi rejalaştirilgan dökonlar ikkinçi qavatda joylaşgan.

Savdo majmuasi iş boşqaruvçisining aytişiça, Toşkent savdo markazi davlat uluşidagi xususiy kompleks sifatida iş boşlagan. Kelgusida uning oldidagi oziq-ovqat marketi ham rivojlanib borişi kutilayotgani ta'kidlandi. Şuningdek, 740taga avtomobil qöyiş maydonçasi yaratilgan.

Sobiq Sovet davrida ança maşhur bölgan Toşkent GUM keyinçalik zamona talabiga javob bera olmagaç xususiy tadbirkorlarga foydalanişga topşirilgan. 2000 yillarning boşida uni turk sarmoyadorlari foydalanişga olib, Turkuaz majmuasini yaratgandi. 2010 yildan buyon uning faoliyati töxtab qolgan.