Internetda suv içiş uçun nutqini ikki marta töxtatişga qaror qilgan Donald Tramp videosi jadal tarqalmoqda.

15 noyabrda Tramp Osiyo davlatlari böylab 12 kunlik turnesi böyiça Oq uyda jurnalistlar oldida çiqişi vaqtida oğzi qurişib, engaşgança minbar ostidan suv qidira boşlaydi.   

Tramp suv topolmay “Ularning suvi yöq ekan, mayli nima ham qilardik”, deb nutqini davom ettiradi.

Şunda jurnalistlar unga suv minbar yonidagi stolça ustida turganini aytişadi. Şundan keyin Tramp butilkani qöliga olib, uni oçib, töğridan-töğri undan suv içişga tuşib ketadi.

Bir qaraşda uşbu holatda “biroz madaniyatsizlikdan” boşqa ğayritabiiy narsa yöqdek tuyuladi. Biroq Tramp saylovoldi kampaniyasi vaqtida raqibi, respublikaçi-senator Marko Rubioni butilkadan suv içiş uçun 2013 yilda televideniye orqali nutqini töxtatgani uçun keskin tanqid qilgandi.

“Keyingi gal Marko Rubio butilkadan emas, stakandan suv içişi kerak – salbiy effekt kamroq böladi”, deb kinoya qilgan öşanda Tramp.

Şu sababli Trampning yuqoridagi xatti-harakati keng muhokama qilina boşlangan.

Rubioning özi ham bu holatni e'tiborsiz qoldirmay, Trampga bitta-ikkita “maslahat berib qöydi”.

“Öxşadi, biroq ijro ustida biroz işlaş kerak. Buni bir harakat bilan va kameradan köz uzmagan holda amalga oşiriş kerak. Biroq birinçi gal uçun yomonmas”, deb kesatgan senator tvitterda.