Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etiş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Yiğilişda jinoyatçilikning oldini olişda eng muhim omillardan biri bölgan işsizlikni bartaraf etiş masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Uşbu muammoni bartaraf etmay turib, huquqbuzarliklar profilaktikasi böyiça közlangan natijalarga erişib bölmaydi.
Şu ma'noda, Prezident Şavkat Mirziyoyev jinoyat sodir etganlarning 16 mingdan ziyodi yoki har törttadan bittasi işsiz ekaniga e'tibor qaratdi.
Davlatimiz rahbari bunday noxuş holatni bartaraf etiş uçun har bir sektor rahbari öziga biriktirilgan hududlarda tadbirkorlik sub'yektlarini töliq qöllab-quvvatlaşi, yangi iş örinlarini barpo etişga kömaklaşişi, fuqarolarning bandligini ta'minlaşga imkoniyat yaratiş böyiça aniq işlarni amalga oşirişi lozimligini ta'kidladi.
Muhokama qilingan yana bir dolzarb masala — bu yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş böyiça körilayotgan çoralarning bugungi kun talablariga javob bermasligidir. Masalan, ötgan 10 oyda sodir etilgan 8 mingga yaqin yöl-transport hodisasi oqibatida 2 ming 31 nafar fuqaro halok bölib, 7 ming 622 nafari tan jarohati olgan. Bu hodisalarning asosiy sababi fuqarolarimizda yöl harakati qoidalariga rioya qiliş madaniyatini oşiriş, avtotransport vositalarining yöllarda harakatlanişi uçun xavfsizlik çoralarini körişda jiddiy muammolar mavjudligidadir.
Şuni inobatga olgan holda, mutasaddi rahbarlarga haydovçi va piyodalarning yöllarda harakatlaniş madaniyatini oşiriş, yöllarni harakat xavfsizligini ta'minlaşning zamonaviy texnik vositalari bilan jihozlaş böyiça topşiriqlar berildi.

















