Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga kiriş test sinovlarini ötkaziş tartibini takomillaştiriş töğrisida»gi Qarori e'lon qilindi.
Respublika oliy ta'lim muassasalarida öquv jarayonlarini takomillaştiriş, yoşlarga zamonaviy talablar asosida ta'lim beriş bugungi kunning asosiy masalalaridan biridir. Bu borada oliy ta'lim muassasalariga kiriş test sinovlarini adolatli, xolis va şaffof ötkaziş orqali puxta bilimli yoşlarning öqişga qabul qilinişini ta'minlaş muhim ahamiyat kasb etadi.
Qarorda test sinovlari orqali oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga talabalarni qabul qilişda bir qator kamçiliklar mavjudligi qayd etilgan. Jumladan, sönggi yillarda test sinovlarini ötkaziş tartib-qoidalari, test sinovlari natijalarini e'lon qiliş va uni takomillaştiriş borasidagi olib borilayotgan işlar bugungi kun talablariga töliq javob bera olmayapti. Bu hol manfaatdor jamoatçilikning, ayniqsa, ota-onalarning test sinovlarini ötkaziş jarayonlariga haqli ravişdagi e'tirozlarini keltirib çiqarmoqda.
Kiriş test sinovlari topşiriqlari va uni ötkaziş talablari qobiliyatli yoşlarni oliy ta'limga qabul qiliş mezonlariga töla javob bermaydi.
Respublika oliy ta'lim muassasalariga kiriş uçun test sinovlarini ötkazişning moddiy-texnik ta'minoti bilan boğliq masalalarni ham butunlay qaytadan körib çiqiş taqozo etilmoqda.
Qarorda kadrlar tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş, iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlaş uçun oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qiliş böyiça ötkaziladigan kiriş test sinovlarini takomillaştiriş, uning adolatli, xolis va şaffof ötkazilişini taşkil etiş maqsadida:
Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (DTM) ning oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga öqişga qabul qiliş böyiça kiriş test sinovlarini ötkaziş tizimini takomillaştiriş yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvçi takliflari ma'qullangan:
- 2018/2019 öquv yilidan boşlab oliy ta'lim muassasasiga qabul qiliş böyiça kiriş test sinovlarini 1 avgustdan 15 avgustgaça bölgan davrda ötkaziş;
- kiriş test sinovlari natijalarini test ötkazilgan kunning ertasiga DTMning rasmiy veb-saytida e'lon qiliş;

















