Özbekiston musulmonlari idorasiga qaraşli diniy ta'lim muassasalarida 2017/18 öquv yilining 1 dekabr kunidan boşlab «Qur'oni karim va tajvid» hamda «Arab tili» fanlari böyiça pulli öquv kurslari öz faoliyatini boşlaşi ma'lum böldi. Bu haqda Idora vakili Kun.uz muxbiriga xabar qilgan.

Vakilning aytişiça, Respublikada faoliyat olib borayotgan 9ta örta maxsus islom bilim yurti hamda 2ta oliy öquv yurtida joriy yilning 1 dekabridan ana şunday kurslarda öqiş boşlanişi kutilmoqda.

«Öqişda ta'lim olişni istaganlarga qanday talablar qöyiladi? Avvalo, kurs tinglovçisi 18 yoşdan oşgan bölişi, voyaga yetgan, muomalaga layoqatli Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölişi zarur. Biz ta'lim muassasalarida taşkil etilgan öquv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan har bir tinglovçiga muassasa muhri bosilgan ma'lumotnoma taqdim qilamiz», deb qöşimça qilgan vakil.

Ta'lim muddati 6 oy davom etişi belgilangan öquv kurslarida tahsil oliş qiymati 1,500,000 söm ekani bildirilgan. Talabgorlar ariza, pasport nusxasi (aslini körsatgan holda), yaşaş joyidan ma'lumotnoma hamda 3x4 hajmdagi foto surat bilan quyidagi diniy ta'lim muassasalardan biriga şu yilning 20 noyabr kunidan boşlab 4 kun içida murojaat etişi mumkin.

1. Toşkent islom instituti - Toşkent şahri;
2. Mir Arab oliy madrasasi - Buxoro viloyati;
3. «Kökaldoş» örta maxsus islom bilim yurti - Toşkent şahri;
4. Mir Arab örta maxsus islom bilim yurti - Buxoro viloyati;
5. Xöja Buxoriy örta maxsus islom bilim yurti - Qaşqadaryo viloyati;
6. «Hidoya» örta maxsus islom bilim yurti - Namangan viloyati;
7. Sayyid Muhyiddin maxdum örta maxsus islom bilim yurti - Andijon viloyati;
8. Faxriddin ar-Roziy örta maxsus islom bilim yurti - Xorazm viloyati;
9. Muhammad al-Beruniy örta maxsus islom bilim yurti - Nukus şahri;
10. Xadiçai Kubro ayol-qizlar örta maxsus islom bilim yurti - Toşkent şahri;
11. «Jöybori Kalon» ayol-qizlar örta maxsus islom bilim yurti - Buxoro viloyati.

Ma'lumot uçun, taşkil etilayotgan öquv kursining har bir guruhida 15 nafardan tinglovçi böladi, guruhlar adadi törttadan oşirilmaydi.

Eslatib ötamiz, bundan avvalroq Toşkent şahridagi Islom Karimov Xalqaro aeroporti terminalining B8 bölimida ibodatlar uçun maxsus xona