Saudiya Arabistoni podşohi 81 yoşli Salmon Bin Abdul Aziz Ol Saud kelasi hafta iste'foga çiqişni va taxtni öz öğli – şahzoda Muhammad bin Salmonga topşirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Britaniyaning Daily Mail gazetasi podşohlik oilasiga yaqin manbaga tayangan holda xabar tarqatdi.

"Podşoh Salmon kelasi hafta öz öğli Saudiya Arabistoni podşohi bölişi haqida ma'lum qiladi", - deb yozmoqda naşr.

Naşrning iddao etişiça, podşoh davlat işlaridan çetlaşadi, biroq özining faxriy unvonlarini saqlab qoladi. Mamlakatdagi barça hokimiyat esa 32 yoşli valiahd şahzodaga ötadi, u noyabr boşida korrupsiyaga qarşi keng kölamli kampaniyani boşladi. Eslatib ötamiz, öşanda bir kunning içida 40 dan ortiq şahzoda va bir neça amaldagi vazirlar hibsga olingandi.

Naşr suhbatdoşi sözlariga köra, Muhammad bin Salmon podşohlikda barça hokimiyatni öz qöliga olgaç, bor e'tiborini Eronga qaratadi – Saudiyaning mintaqadagi eng asosiy raqibiga. Harbiy mojaro ham istisno etilmayapti.

Şuni ta'kidlab ötiş lozimki, podşoh Salmon taxtni öğliga bermoqçi ekani haqida xabarlar ötgan hafta ham paydo bölgandi. Biroq saudiyalik yuqori mansabli amaldorning Bloomberg News’ga ma'lum qilişiça, "podşohning taxtdan voz keçişi umuman yuz bermaydi".

U podşoh Salmon "ajoyib" jismoniy holatda ekanini qöşimça qilib ötgan.