Professional futbol ligasi Boş direktori Omonjon Ğofurov Oliy ligada 2018 yildayoq 12 jamoali tizimga ötilişiga izoh berdi.

«Köpçilikda Oliy ligadagi islohotlar nega 2019 yildan emas, kelasi yildanoq qöllanildi, degan savollar tuğildi. Lekin bir narsani hisobga oliş kerakki, agar bu özgarişlarni 2019 yilda qilganimizda ham xozir autsayder bölib turgan jamoalar hozirgidek oxirgi örinlarda yuravergan bölardi. Biz şunçaki 1 yilni yöqotgan bölardik.

Töğri hozir qaysidir jamoalar bu qarordan norozi bölişi mumkin. Muxlislarda ham e'tiroz bölişi tabiiy. Ammo unutmaslik kerakki, bularning barçasi Özbekistonda futbolni rivojlantiriş uçun qilinmoqda. Şuning uçun islohotlarni boşlaşni keçiktirib bölmasdi.

Oldimizda katta musobaqalar turibdi. 2020 yilda Tokioda Olimpiada, keyin jahon çempionati keladi. Bu musobaqalarga yöllanma oliş uçun ligamizni tezroq rivojlantirişimiz kerak», deya gapirib ötdi Ğofurov «Sport» telekanalining GOL körsatuvi jonli efirida.