Saudiya Arabistoni hukumati podşohlik oilasining korrupsiyada gumonlanib qölga olingan a'zolariga mol-mulklarini ozodlikka almaştiriş taklifi bilan çiqdi. Bu haqda Financial Times naşri öz manbalariga tayangan holda yozmoqda.
Naşrning aniqlik kiritişiça, hukumat şu tariqa davlat ğaznasini yuz milliardlab dollarga töldirişni rejalaştirib qöygan.
«Ular Ritz’da (Ritz-Carlton mehmonxonasi – tah.) bölgan aksariyat bilan muzokaralar olib borişmoqda. Ularga mol-mulk, pullarni çiqaring va ozod bölişingiz mumkin, deyilgan», - deya aytib ötgan manba.
Gazeta suhbatdoşining sözlariga köra, qölga olingan milliarderlardan biriga öz boyligining 70 foizini davlatga ötkazib beriş taklifi bilan ham çiqişgan. Qayd etilişiça, bu korrupsiya faoliyati tufayli yetkazilgan zararni qoplaşga ketadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq OAV saudiyalik milliarderlar vahimaga tuşib qolgani haqida xabar bergandi.


















