Amerikalik taniqli iqtisodçi, faylasuf va «Qora oqquş» bestselleri muallifi Nassim Tolib insoniyat uçun ikki eng asosiy xavfni ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RBK, Uning sözlariga köra, bu – epidemiyalar va neoluddizm.

Nassim Tolibning aytişiça, yaqin kelajakda «haqiqiy, «qaynoq» jahon uruşi» boşlanmaydi, sababi yirik davlatlar uruşni emas, balki savdoni ma'qul körişmoqda. Agar ular yirik mojarolarda iştirok etişayotgan bölsa ham, odatda, uruşlarni uçinçi tomon qöli bilan olib borişmoqda.

Faylasuf boşqa, e'tiborga olinmayotgan tahdidlarni körmoqda. Birinçi navbatda, bu yangi epidemiyalar xavfi. «OAV bu xavfga yetarli baho bermayapti hamda bakteriyalarning antibiotiklarga çidamliligi oşib borayotgani, viruslarning yangi turlari paydo bölayotgani haqidagi ilmiy maqolalarga e'tibor qaratayotgani yöq. Bunday beparvolik epidemiyalarni yangi «qora oqquşlar» uçun nomzodlarga aylantirmoqda», - deya ma'lum qildi Nassim Tolib.

Ikkinçi xavf – bu neoluddizm. «Taraqqiyot kişilarga kerakli bölgan narsalarni bermayapti, hamda köplar ultrakonservatorlarga aylanib, ilm-fan va ijtimoiy islohotlar bilan kuraşişni boşlamoqda», - deya aniqlik kiritgan Tolib.

Iqtisodçining fikriça, qöldan çiqariş kerak bölmagan eng yaxşi imkoniyat markazlaşişga qarşi siyosiy harakatlarning oşib borişi. U Kataloniyada hozir kuzatilayotgan hodisalarni bunga misol qilib keltiradi. «Biz kişilarning davlat tomonidan zörlab ötkazilmagan, öz fikrlarini erkin bildirişga harakatlarini körmoqdamiz. Bunday harakatlar köproq kerak, sababi u markazlaşmagan tizimga, ma'muriy tuzilmaning turli variantlari va odamlarning öziga qulay bölgan holatni tanlaşiga olib keladi», - deydi Tolib.