4 noyabr kuni keçqurun Saudiya Arabistonida öziga xos «uzun piçoqlar tuni» bölib ötdi. Öşa tunda korrupsiyaga qarşi kampaniya doirasida qirollik xonadoniga mansub 11 şahzoda qölga olindi. Bu taşabbus qirolning valiahdi, şahzoda Muxammad ibn Salmondan çiqqandi.
Hozirgi Saudlar sulolasiga 1932 yilda Abdulaziz Ol Saud tomonidan asos solingan. Saudiya Arabistoni sulolalar tomonidan boşqariladigan hozirda mavjud 3 monarxiyadan biri (Lixtenşteyn va Iordaniyadagi Hoşimiylar qirolligi). Bu sulola mamlakatda mutlaq hokimiyatga ega, barça davlat organlarida rahbarlik lavozimlarini şu sulola vakillari egallagan, bu amaldorlar qirol tomonidan tayinlanadi.
Bu oilaga mansub saudiyaliklar soni 25 mingga yetadi. Şundan 200 nafardan ortiq kişi şahzodalar.
Avvaliga taxt vorisligi boşqa sulolalarda bölgani kabi otadan öğilga emas, akadan ukaga ötar edi. Ammo hozirgi qirol Salmon ibn Abdulaziz vorislik tartibini özgartirdi.
Salmon sulolaning yettinçi qirolidir.
1) Abdulaziz ibn Ol Saud (1880-32-1953)
2) Saud ibn Abdulaziz Ol Saud (1932-53-64-1969)
3) Feysal ibn Abdulaziz Ol Saud (1903-64-1975)
4) Xolid ibn Abdulaziz Ol Saud (1912-75-1982)
5) Fahd ibn Abdulaziz Ol Saud (1921-82-2005)
6) Abdulla ibn Abdulaziz Ol Saud (1924-2005-2015)
7) Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud (1936-2015-...)
Quyida Saudlar sulolasining eng nufuzli asosiy namoyondalari bilan tanişiş mumkin.

Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud. 1935 yilning 31 dekabrida tuğilgan, sulola boşliği. U 2015 yilning 23 yanvarida, öz akasi Abdulla (2005-2015) vafotidan keyin Saudiya Arabistoni qiroliga aylandi. U sulola asosçisi, birinçi qirol Abdulaziz ibn Saud (1932-1953) xonadonidagi 45 öğildan biri. Taxtga çiqişidan oldin ham muhim lavozimlarda işlagan, xususan, 1963-2011 yillarda Ar-Riyod gubernatori bölgan, 2011 yilda mamlakat Mudofaa vaziriga aylangan.

























