Toşkent şahrida Mudofaa vazirligi tomonidan Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğining qabul qilingan kuniga bağişlangan 10 km masofaga ommaviy yuguriş aksiyasi ötkazildi.

«Mustaqil Özbekistonning davlat ramzlari xalqimizning şon-şarafi, tarixiy xotirasi va intilişlarini özida mujassam etib, şu azim yurtda yaşovçi har bir fuqaroga ğurur, iftixor bağişlaydi. Davlat bayroği ma'naviyatning eng muhim timsoli bölib, ona vatanga iftixor va çeksiz hurmat tuyğusini tarbiyalaydi», deyiladi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Şu munosabat bilan hamda yengil atletika sport turlarini yanada ommalaştiriş, aholi, yoşlar va harbiy xizmatçilar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş hamda ularning vatanparvarlik tuyğularini yanada oşiriş maqsadida Qurolli Kuçlar tuzilmalarining vazirlik va idoralari harbiy xizmatçilaridan iborat 23 jamoasi uç yoş toifada (35 yoşgaça, 45 yoşgaça va 45 yoşdan yuqori) ommaviy yuguriş aksiyasida iştirok etdi.

Ommaviy yuguriş Toşkent şahrining Maxtumquli köçasidagi «Aviator – korzinka» megamarketidan boşlandi.

Tadbir davomida Qurolli Kuçlar Markaziy aşula va raqs ansambli xonandalari tomonidan kuy va qöşiqlar ijro etib borildi.

Bayramona tadbirni yuguriş yönalişi böyiça va Toşkent köçalari böylab Mudofaa vazirligiga qaraşli «AS-350» rusumli vertolyotlarida Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğining namoyişkorona olib ötilişi yakunlab berdi.

Ikkita AS-350 vertolyoti quyidagi yönaliş böyiça parvoz qilgan: Muqimiy köçasi, Amir Temur xiyoboni (bu yerda katta doira hosil qilindi) — Amir Temur köçasi — Toşkent teleminorasi — Hayvonot boği — Markaziy harbiy gospital — Akademiklar şaharçasi — Mirzo Uluğbek köçasi — Parkent köçasi — Tuzel.