Rossiya davlat dumasining mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar işlari böyiça qömitasi Rossiya va Özbekiston örtasida özbekistonliklarni Rossiya hududida vaqtinçalik mehnat qilişga tartibli ravişda qabul qiliş va jalb qiliş haqidagi hukumatlararo kelişuv haqidagi qonun loyihasini qöllab-quvvatladi. Hujjat ratifikatsiya qilingandan keyin özbekistonliklarga aniq iş joylari taşkil etiladi, iş beruvçi esa özbekistonliklarning işga joylaşişi va böşatilişi böyiça javobgarlikka ega böladi.
“Bu kelişuv işçi kuçini tartibli ravişda qabul qilişga imkon beruvçi mexanizmni ilk bor joriy qiladi”, deb aytgan Rossiya içki işlar vazirligining migratsiya masalalari böyiça boş boşqarmasi boşliği örinbosari Valentina Kazakova.
Qömita raisi örinbosari Valentina Kabanovaning fikriça, uşbu kelişuv muhojirlarni iş bilan ta'minlaşni kafolatlovçi ilk hujjatdir va kelgusida bunday hujjatlar MDHning qolgan davlatlari bilan ham tuzilişi mumkin.
Hujjatga köra, iş beruvçining taklifiga köra işga qabul qilingan muhojir mehnat patentiga ega böladi. Bunday işçilarga majburiy tibbiy suğurta xizmatlari taqdim qilinmaydi, muhojirlar faqatgina şoşilinç yordam olişlari mumkin böladi. Işlab çiqarişda baxtsiz hodisa yuz bersa, muhojirlarning hayoti va salomatligi uçun iş beruvçi javobgar böladi.
Rossiyaga işlagani borişni istaganlar rus tili, Rossiya tarixi va huquqlari asoslari böyiça imtihonlarni Özbekistonda topşiradilar. Özbekistonda fuqaro sudlanganlikka ega emasligi yoki oxirigaça yetmagan sudlanmaganligi bor-yöqligi tekşiriladi hamda tibbiy körik taşkillaştiriladi. Özbekistonda hozirgi kunda Rossiyaga işlagani ketgan fuqarolarning avtomatlaştirilgan elektron bazasi mavjud.
Rossiya tomoni esa özbekistonliklarni sanitar-gigiyenik me'yorlarga mos yaşaş joyi, xavfsiz mehnat şaroitlari va pensiya suğurtasi bilan ta'minlaşi şart böladi.
Rossiya içki işlar vazirligi ma'lumotlariga köra, Rossiyada rasman iş bilan ta'minlangan 1 mln 455 ming muhojir yaşaydi. Ulardan 765 ming nafari mehnat patentiga ega bölgan özbekistonliklardir. 2017 yil boşidan Rossiyada vaqtinçalik yaşaşga 60 ming, doimiy yaşaşga esa 29 ming özbekistonlik ruxsat olgan.

















