Rossiya Federatsiyasidagi mehnat migrantlarga huquqiy yordam körsatiş MIGRANT.MOBI uzluksiz liniyasiga Özbekiston Respublikasi fuqarosi Feruza Akramovna Ötkirova murojaat qilib, 3 noyabr kuni RF Içki işlar vazirligining Moskva oblastining Klin rayoni bölimi voyaga yetmaganlar işlari buyiça bölimi xodimlari 6 yoşli qizi Ruxşonani tortib olişgani va hanuzgaça berişmayotganini bayon etdi. RF Oila kodeksining 77-moddasida körsatilganidek, homiylik va vasiylik organlari bolani ota-onasidan darhol tortib oliş huquqini yuzaga çiqaradigan, bolaning hayoti yoki salomatligiga heç qanday tahdid yuzaga kelmagan.

3 noyabr kuni Feruza Ötkirova köçaga öz işlari bilan çiqib, qizaloğini tönğiç öğli (19 yoşli) bilan uyda qoldiradi. Öğlini zudlik bilan işxonasidan çaqirib qolişadi, u onasining uyali telefoniga qönğiroq qilib tuşa olmay, ilojsiz, singlisini uyda qoldirib, işiga jönaydi. Aftidan, aka şoşganidan u uy eşigini qulflaşni yodidan çiqaradi yoki Ruxşonaning özi eşikni oça oladi, lekin qizaloq köçaga çiqadi va uni politsiya bölinmasiga olib ketişadi.

Ayni paytda Ruxşona Klindagi voyaga yetmaganlar uçun möljallangan «Soglasiye» ijtimoiy-reabilitatsiya marakazida uşlab turilibdi. Ötgan şunça vaqt mobaynida onasiga bir marta farzandini körişga izn berişgan. Onaizorning aytişiça, uşbu markaz xodimlari bir neça bor uni haqorat qilişgan va tahqirlaşgan, voyaga yetmaganlar bilan işlaş bölimi xodimi esa unga farzandini yaqin orada qaytarib qöliga ololmasligini aytib, tahdid qilgan.

Ayni paytda qizaloqning barça hujjatlari tayyor, oila aslo parokanda emas — inoq, qizning ota-onalari piyonista emas. Onaizorga voyaga yetmaganlar bilan işlaş komissiyasining qarorisiz farzandini qaytarib berişmoqçi emas.