Turli qit'alarda joylaşgan 20 davlat elektr energiyasi oliş uçun kömirdan foydalanişdan voz keçişini e'lon qildi. Kutilişiça, kelgusi yilning özida uglevodorodlarning yoqilişga qarşi bölganlar soni uç martaga oşadi. Biroq eng faol iste'molçilar hozirça alyansga qöşiliş istagini bildirişganiça yöq.
Germaniyaning Bonn şahrida bölib ötgan BMTning iqlimiy özgarişlarga bağişlangan konferensiyasida 20 ta davlat Powering Past Coal alyansiga qöşilgan. Bu alyans elektr energiyasi işlab çiqarişda kömirdan foydalanişni bas qilişga çaqiradi. Bu yerdagi rejalarni 2030 yilgaça töliq amalga oşiriş möljallangan, deb xabar qiladi ABC News.
Loyihaga Yevropaning Daniya, Italiya, Finlyandiya, Fransiya, Portugaliya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Lyuksemburg, Avstriya, Şveytsariya va Belgiya kabi davlatlari qöşilgan. Kömirdan voz keçişga, şuningdek, Kanada, Yangi Zelandiya, Niue, Efiopiya, Angola, Meksika, Salvador, Fiji va Marşall orollari ham tayyorligini bildirgan.
Biroq jahonda kömirni eng köp işlatuvçi davlatlar hamon Xitoy, Hindiston, Rossiya, AQŞ va Germaniya bölib qolmoqda va ular bu ittiofqni nazar-pisand qilişayotgani yöq.
BMT 2018 yilda Polşaning Katovits şahrida bölib ötadigan iqlimga oid muammolarga bağişlangan xalqaro sammitda alyans qatnaşçilari soni 50 tagaça köpayişidan umidvor. Yuridik tomondan Powering Past Coal’ga a'zo böliş biror narsaga mas'ul qilmaydi, bitim şunçaki davlatlarning niyatini bildiradi. Birlaşma qatnaşçilari SO2 ajratib çiqarişni qisqartiriş borasidagi texnologiyalarni ham özaro almaşişlari nazarda tutilmoqda.
Powering Past Coal tarkibiga kirgan davlatlarning köpçiligi kömirdan butkul voz keçiş niyatlarini e'lon qilişgan. Italiya masalan bu rejani 2025 yilgaça amalga oşirsa, 2030 yilgaça Finlandiya töliq voz keçmoqçi. 2030 yilga kelib Niderlandiya kömirda işlovçi barça elektrostansiyalarni yopsa, Fransiya bu işni 2023 yilgaça, Britaniya 2025 yilgaça amalga oşirmoqçi. Kanada ham 2030 yilgaça kömirdan töliq voz keçadi.
Uglevodorodlarning eng yirik istemolçilari Xitoy va AQŞ hozirça kömir qazib olişni biroz qisqartirmoqçi. 2017 yilda XXR bu körsatkiçni 150 mln. tonnaga kamaytirsa, Amerika kelgusi yilning oxirigaça iste'molni yiliga 30 mln. tonnaga qisqartirişni rejalaştirgan.

















