«Bavariya» o‘z maydonida «Augsburg»ni osonlikcha, 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uni ta'qib qilib kelayotgan jamoalar ochko yo‘qotishdi. Xususan, «RB Leyptsig» safarda «Bayyer» bilan, «Hoffenhaym» esa o‘z maydonida «Ayntraxt» bilan durang o‘ynadi. Dortmundning «Borussiya» klubi kecha «Shtutgart»dan mag‘lubiyatga uchragan edi.

Natijada, «Bavariya» eng yaqin ta'qibchisi «RB Leyptsig»dan 6 ochko o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Germaniya chempionati, 12-tur
18 noyabr

Volfsburg – Frayburg 3:1 
Gollar:
 1:0 – 3 Gerxardt, 2:0 – 29 Malli, 2:1 – 68 Kapustka, 3:1 – 70 Malli. 
 
Maynts – Kyoln 1:0 
Gol: 
1:0 – 43, penalti Brosinski. 
Chetlatish: Donati (Maynts, 71).

Bayyer – RB Leyptsig 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar:
 0:1 – 13, penalti Verner, 1:1 – 44 Beyli, 1:2 – 54, penalti Forsberg, 2:2 – 74 Folland. 
Chetlatish: Xenrixs (Bayyer, 52).
 
Hoffenhaym-1899 – Ayntraxt F 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 13 Boateng, 1:1 – 90 Ut. 

Bavariya – Augsburg 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar:
 1:0 – 31 Vidal, 2:0 – 38 Levandovski, 3:0 – 49 Levandovski.