Zimbabvening amaldagi prezidenti, ayni vaqtda uy qamoğiga taşlangan Robert Mugabe öz ixtiyori bilan iste'foga ketişga rozi bölmayapti. Bu haqda uning qarindoşi Patrik Zuvaoga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

Manbaning ma'lumotiga köra, u va uning rafiqasi «hokimiyatni topşirgandan köra, ölişni» afzal köradi.

Zuvao ayni vaqtda prezidentning soğligi joyidaligini ma'lum qilgan.

Şanba kuni Zimbabve poytaxti Xarareda minglab kişilar Mugabening hokimiyatdan çetlaştirilganini köçalarga çiqib bayram qilişdi.

«Nihoyat bu kun keldi!». Zimbabveda minglab kişilar Mugabening ağdarilişini nişonlaşmoqda

Eslatib ötamiz, 15 noyabr kuni Zimbabve harbiylari Xararega kirib, 37 yildan buyon mamlakatni boşqarib kelgan Robert Mugabeni va rafiqasini hibsga olgandi. Hukumatdagi partiya ham özgarişlar davri kelgani haqida e'lon qildi.